Turkiyaning eng yirik yoshlar festivali davom etmoqda

Turkiyaning eng yirik yoshlar festivalidan biri 4-may kuni Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning ishtirokida tantanali marosim bilan ochildi.

726515
Turkiyaning eng yirik yoshlar festivali davom etmoqda

Turkiyaning eng yirik yoshlar festivali Istanbulda davom etmoqda.

Istanbulning Yenikapi tumanida o’tkazilayotgan festivalda yoshlarni 4 kun davomida sport, madaniyat va san’at, texnologiya bilan birga bir necha sohada ko’plab faoliyat kutmoqda.  

Festival turli sohadagi qobiliyatli yoshlarni uchrashtirish maqsadida uyushtirildi.

Unda nodavlat-notijorat tashkilotlar, universitetlar, talaba platformalari, ish va kariyera bo’yicha maslahatchilar, sport tashkilotlari, hunarmandlar ham ishtirok etmoqda.

Turli konsert dasturlari ham o’rin oladigan festivalda 300 ming yoshning ishtirok etishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #festival , #yoshlar , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar