39-TRT Xalqaro 23 aprel bolalar shodiyonalari boshlandi

Turkiya teleradiokompaniyasi tomonidan “Bolalar kelajagimizdir” shiori bilan o’tkazilayotgan xalqaro tadbirga bu yil 26 davlatdan ko’plab bolalar ishtirok etmoqda.

716776
39-TRT Xalqaro 23 aprel bolalar shodiyonalari boshlandi

Turkiyada 39-TRT Xalqaro 23 aprel bolalar shodiyonalari boshlandi.

Turkiya teleradiokompaniyasi tomonidan “Bolalar kelajagimizdir” shiori bilan o’tkazilayotgan xalqaro tadbirga bu yil 26 davlatdan ko’plab bolalar ishtirok etmoqda.

Shodiyonalar bu safar Turkiyaning Navshahar viloyatida o’tkazilmoqda.

Bayramga har doimgidek katta tayyorgarlik ko’rildi.

Xalqaro 23 aprel bolalar shodiyonalari erta tongda parad namoyishi bilan boshlandi.

Navshahardagi Birja chorraxasida to’plangan mahalliy va xorijlik bolalar milliy liboslari bilan qo’llarida o’z davlatining bayroqlarini ko’tarib, bayramga o’zgacha ruh bag’ishladi.

Mehtar ansamblining namoyishi jo’rligida boshlangan parad Uyg’onish maydonigacha davom etdi.

O’z mamlakatlaridan olib kelgan turli sovg’alarni Navshahar hokimiyati rahbarlariga taqdim etgan xorijlik bolalarga Turkiyaning ramzi eks etgan turli milliy sovg’alar tarqatildi.

Aytib o’tish joizki, Turkiya Respublikasiga asos bo’lgan ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Oliy majlisi tashkil topgan kunni ya’ni, 23 aprelni butun dunyodagi bolalarga bayram qatorida armug’on etgan.

Shu munosabati bilan 1920 yildan beri har 23 aprelda Turkiyada “23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami” nishonlanadi.

Ushbu bayram munosabati bilan 39 yildan buyon Turkiyaga turli millatlardan bolalar tashrif buyuradilar.

Mazkur shodiyonalar Turkiya teleradiokompaniyasi rahnamoligida o’tkaziladi.

Xalqaro darajada nishonlangan ushbu bayram dunyodagi bolalar o’rtasida qardoshlik, sevgi va do’stlik rishtalarini mustahkamlashiga hamda tinch-totuv yashaydigan obod dunyo barpo etilishiga hissa qo’shish maqsadida o’tkaziladi.

 

 



Aloqador xabarlar