Toshkent shahrida 5-Xalqaro O'zbek sayyohlik yubiley ko'rgazmasi bo'lib o'tdi

Tadbirda Toshkent shahrining eng mashhur oshpazlari tomonidan tayyorlangan o'zbek milliy taomlari, turli yaxna ichimliklar, quritilgan meva va sabzavotlarning antiqa turlari namoyish qilindi.

715408
Toshkent shahrida 5-Xalqaro O'zbek sayyohlik yubiley ko'rgazmasi bo'lib o'tdi

13 aprel kuni  O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida 5-Xalqaro O'zbek sayyohlik yubiley ko'rgazmasi o'z ishini boshlagan edi.

Bu yilgi ko'rgazma doirasida “Tashkent fud festival” milliy taomlar festivali ish boshladi.

Unda mehmonlar uchun asosan Toshkent shahrining eng mashhur restoranlari bosh oshpazlari tomonidan tayyorlangan  o'zbek milliy taomlari, qolaversa  turli yaxna ichimliklar, quritilgan meva va sabzavotlarning antiqa turlari ham namoyish etildi.

Ko'rgazma tashkilotchilari “Tashkent Fud”  festivali munosabati bilan Toshkentning 50 ga yaqin restoran va kafelari qolaversa Navoiy, Jizzax, Namangan, Andijon va Xorazm viloyatidan eng mohir oshpazlarni festivalga taklif qildi.

Xorijiy mehmonlar o'zbekona oshxonaning  afsonaviy, sehrli manzarasi bilan tanishish  imkoniga ega bo'ldi.

Barcha taomlar  shu yerning o'zida professional oshpazlar tomonidan  tayyorlanib mehmonlarga  taomlarni shu zahotiyoq tatib ko'rish imkoni yaratildi.

Festival doirasida turli aksiyalar ham tashkil etilib, unda oshxona va taomnoma sirlariga oid savollarga javob bergan ishtirokchilarga sovg'alar topshirildi.

5-xalqaro o'zbek sayyohlik yubiley ko'rgazmasi va “Tashkent Fud” festivali 14 aprel kuni  o'z ishini yakunladi.

 



Aloqador xabarlar