Turkiyalik qizaloqning "Turkiyadagi suriyaliklar" to’g’risidagi ko’rgazmasi AQShda namoyish etildi

Turkiyalik 17 yoshli qizaloq tomonidan Turkiyaning Shanliurfa viloyatidagi muhojirlar lagerida suratga olingan va Turkiyaning muhojirlarga bergan yordamini butun dunyoga ovoza qilishni ko'zda tutgan ushbu ko’rgazma amerikaliklar e'tiborini o'ziga qaratdi.

698473
Turkiyalik qizaloqning "Turkiyadagi suriyaliklar" to’g’risidagi ko’rgazmasi AQShda namoyish etildi

Amerikada yashagan va aslida turkiyalik bo’lgan 17 yoshidagi Sinem Og’uzning Turkiyadagi suriyalik muhojirlar to’g’risidagi fotosuratlari mamlakatda barchaning e’tiborini o’ziga qaratdi.

Sinem Og’uz tomonidan tushirilgan fotosuratlar oxirgi marotaba Nyu-Yorkdagi Turk-Amerika jurnali tomonidan tashkil etilgan “40 yoshidan kichik eng muvaffaqiyatli turk yoshlari” deb nomlangan mukofat marosimidagi ko’rgazmada namoyish etildi.   

Sinem Og’uz tomonidan Turkiyaning Shanliurfa viloyatida joylashgan muhojirlar lagerida suratga olingan va Turkiyaning muhojirlarga bergan yordamini butun dunyoga ovoza qilishni maqsad qilgan ushbu ko’rgazma avval ham Amerika kongressida, Vashingtonda bo’lib o’tgan ikki boshqa tadbirda ochilgan edi.

“Chegarada: suriyalik ayollar va bolalar” deb nomlangan ko’rgazma kongress a’zolari bosh bo’lish bilan birga barcha ziyoratchilarning e’tiborini o’ziga qaratdi.

Sinem Og’uz ko’rgazmasi bundan tashqari bu yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi markazida va AQShning turli mintaqalarida namoyish etiladi.



Aloqador xabarlar