Mehmet Akif Ersoy Makedoniyada yodga olindi

Shoir Mehmet Akif Ersoy qalamiga mansub Turkiya Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinganiga bu yil roppa-rosa 96 yil to'ldi.

692376
Mehmet Akif Ersoy Makedoniyada yodga olindi
17309138_1232791046768897_488602330249298916_n.jpg
Mehmet Akif Ersoy-Makedonya 2
Mehmet Akif Ersoy-Makedonya 4
Mehmet Akif Ersoy-Makedonya 7
Mehmet Akif Ersoy-Makedonya 6
Mehmet Akif Ersoy-Makedonya 8

Bosh qarorgohi Turkiya poytaxti Anqarada o’rin olgan Yunus Emre nomidagi institutning Makedoniya poytaxti Skopyedagi markazida Turkiyaning Davlat madhiyasi muallifi, buyuk shoir Mehmet Akif Ersoy 13-mart kuni yodga olindi.

Davlat madhiyasining qabul qilinishining 96-yilligi munosabati bilan poytaxtdagi Stone Bridge Hotelda uyushtirilgan tadbirga ishtirokchilarning qiziqishi katta edi. Unda Makedoniya Respublikasi Konstitutsiyaviy sud a'zosi Salih Murat, Turkiya Respublikasining Skopye elchisi maslahatchisi Jem Gunduz, Turkiya Respublikasining Ta’lim bo’yicha maslahatchisi Tamer Sevim, Turkiya Respublikasining Din ishlari bo’yicha maslahatchisi Murat Alkan, Turkiya Respublikasining Iqtisodiyot maslahatchisi Bunyamin Kutlu, TIKA Skopye Koordinator o’rinbosari Emine Gizem Bashkan, Makedoniyadagi Noqonuniy va notijorat tashkilotlar ittifoqi raisi Husrev Amin, Anadolu axborot agentligining Skopye vakolatxonasi direktori Adnan Idriz, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining Skopye vakolatxonasi direktori Bekim Muhtarevich va boshqalar ishtirok etar ekan tadbir, 1 daqiqalik sukut va ortidan Davlat madhiyasining o’qilishi bilan boshladi.      

Ochilish marosimida avvalom bor Yunus Emre institutining Skopyedagi markazi direktori vakili Fuat Korkmaz nutq so’zlar ekan u o’z nutqida, ushbu kunning ahamiyati va Mehmet Akif Ersoyning asarlariga to’xtaldi.

Tadbirda Makedoniyadagi Kalkandelen Davlat universitetining Sharqshinoslik bo’limi o’qituvchisi dotsent doktor Selchuk Kurshat Koja bilan Aziz Kiril va Metodiy universitetining Turk tili va adabiyoti bo’limi o’qituvchisi Faruk Gezgin, Davlat madhiyasining qabul qilinishi va Mehmet Akif Ersoyning asarlari haqida ma’ruza qildi. Faruk Gezgin o’z ma’ruzasida Mehmet Akif tomonidan qalamga olingan Davlat madhiyasining har bir qit’a va misralarida o’rin olgan milliy va manaviy qadriyatlarga to’xtaldi.

Shuningdek tadbirda ishtirok etgan Xalqaro Bolqon universiteti rektor o’rinbosari dotsent doktor Shener Bilali o’z so’zida, Davlat madhiyasi qabul qilingan davr voqealariga e’tibor qaratar ekan ayni vaqtda voqeaning, shoir Mehmet Akif Ersoy ustidagi ta’siriga to’xtalib o’tdi.

Tadbir yakunida endigina chop etilgan kitobi orqali adabiyot olamiga yangi qadam tashlagan poytaxtlik yosh shoir Mehmet Arif, makedoniyalik shoir Fettah Rauf Efendi qalamiga mansub va Mehmet Akif Ersoyga bag’ishlangan “Mehmet Akif Bey Mukofati” deb nomlangan she’rini o’qidi.

  

 

 

 



Aloqador xabarlar