Turkiyaning madaniy xazinalari 50-qism

Mavlono Jaloliddin Rumiyning Konya shahridagi maqbarasi haqida ma'lumot...

633625
Turkiyaning madaniy xazinalari 50-qism

Kel, kel, kim bo'lsang ham kel,

Hox imonsiz bo'l, hox majusiy,

Butparast bo'lsang ham dargohimizga kel.

Bizning dargoh umidsizlar dargohi emas,

Yuz marta tavba qilgan bo'lsang ham kel!

Dasturimizning bugungi sonida Mavlono Jaloliddin Rumiyning   Konya   shahridagi   maqbarasi haqida ma'lumot beramiz.

Mavlono Jaloliddin   Rumiy,   13-asrning   buyuk   faylasufi,   olim,

dinshunos va shoirlaridan biri edi. Jahon bo'ylab tanilgan bu shaxsiyat

1207 yili Balx shahrida tug'ilib, 1273 yilda Konya shahrida vafot etgan. 17

dekabr   kuni uning   o'lim  kuni  bo'lib  hisoblanadi.   Rumiyning   o'zi  vasiyat

qilganindek,   uning   o'limi   ayriliq   emas,   aksincha   Alloh   bilan   uchrashuv (vuslat)

kunidur. Ushbu kun "Shab'i-Aruz" deb nomlanadi. Ushbu kun dunyoning har

tarafidan   turli   dinga   mansub   bo'lgan   Mavlono

shaydolari Konya shahriga kelib "Shab'i-Aruz" marosimiga qatnashadilar.

                                                                                                                                                                                                   Mavlono Jaloliddin Rumiyning otasi olimlar sultoni degan laqab olgan

Muhammad Valad edi. Mavlono yoshligida otasi bilan birga Turkiyaga kelgan. O'z

otasining   qoshida   ilm   olib,   otasi   vafot   etgach,   o'sha   vaqtdagi

Turkiya tuproqlarida hokim bo'lgan Saljuqiylar sultonining buyrug'i bilan

ustozlik vazifasini  ado  eta boshladi. Mavlono  insonga   bo'lgan   sevgi   va

muhabbatni   madh   etuvchi   "Masnaviy"   nomli   asari   bilan   jahon   bo'ylab

shuhrat qozondi.

Mavlono   Jaloliddin   Rumiy   yashagan   davrda,   Saljuqiylar   davlati

Mo'g'ullarning bosqinchi kuchlari natijasida tobora zayifab borayotgan

davr edi. U o'z kuchini, mavqeini va siyosiy kelajagini yo'qota borayotgan

bir davlatda yashagan edi. U Turkiya tuproqlaridagi ma'naviy tubanlik va

inqirozga tushgan insonlarni ma'naviy jihatdan jonlantirdi, jamiyatning oldi

odamlari bilan do'stona munosabatlar qurdi. Saljuqiy sultonlari saroyining

yonida uning otasiga   bir  bog' sovg'a   qilingan  edi.  Mavlono   1273   yilda

vafot etgach, uning maqbarasi xuddi shu bog'ning ichida qurildi. Saljuqiylar

me'morchilik san'ati bilan qurilgan bu maqbaraga "Yashil Maqbara" deb

nom berildi. Maqbara mavlaviylik dargohining o'rtasida joylashgan. To'rtta

katta   ustun   ustiga   qurilgan   maqbaraning   ust   qismida   qubba   bor.

Tashqarigan ko'p burchakli ko'rinishda bo'lgan maqbaraning qubbasi yashil

rangda   bo'lib   maqbaraning   devorlari   ham   yashil   rangli   chinnilar   bilan

bezalgan. Qubbaning ustki qismi tashqaridan katta  kuloh bilan o'ralgan.

Ushbu maqbaraga vaqt o'tgach, Mavlaviylik tariqatining obro'li vakillari

va Mavlononing yaqinlari ham dafn etilgan. Hozirgi kunda maqbaraning

sayr qilingan ziyoratgoh qismining masjid bo'limida juda katta sandiqlar va

mavlaviylik   tariqatiga   oid   kitoblar,   tarixiy   yozuvlar   ko'rgazmaga

qo'yilgan. Usmoniy podishohlarning ko'pchiligi Mavlaviylik tariqatiga a'zo

bo'lganliklari uchun, har podsho ushbu maqbaraning kengaytirilishiga va

bezalishiga   katta   hissa   qo'shgan.   Maqbaraning   yonida   Usmoniylar

davridan   qolgan   bir   jome'-masjid   o'rin   olgan.   Maqbaraning   muzey

qismidagi   bo'limlarda   mavlaviylik   tariqatiga   oid   liboslar,   ular   ishlatgan

asbob-anjomlar,   Mavlononing   masnaviy   asaridan   ba'zi   bo'limlar   ziyorat

etuvchilarning ko'rishi uchun taqdim etilgan.

Turkiyada  To'pkapi  saroyidan so'ng eng ko'p  ziyorat   etilgan dargoh

bo'lgan maqbara bepul xizmat bermoqda. İstanbul va Ankaradan tez yurar

poyezdlar ushbu maqbara joylashgan Konya shahrigacha boradi. Agarda

Turkiyaga sayohat qilmoqchi bo'lsangiz, unda tariximizning o'chmas

durdonasi Mavlono Jaloliddin Rumiyning maqbarasini va shuningdek Konya

shahrida mavjud bo'lgan bir nechta madrasa, maqbara va jome'-masjidni

ziyorat qilishingiz mumkin.

 



Aloqador xabarlar