Turkiyaning madaniy xazinalari 48-qism

Qoradengiz havzasida joylashgan shahzodalar shahri Amasya haqida ma’lumot...

630546
Turkiyaning madaniy xazinalari 48-qism

                  

Qoradengiz havzasida joylashgan shahzodalar shahri Amasya haqida ma’lumot beramiz.

Amasya shahri Hititlar davrida tashkil topgandan beri minglab yildan beri ushbu nom bilan atalgan nodir shaharlardan biridir. 3000 yillik o’tmishga ega bo’lgan shahar Yashilirmoq daryosi sohilida joylashgan. Daryoning burilishlari qal’ani dushman hujumidan himoya qiladi. Amasya qal’asining daryoga tomon joylashgan yonbag’rida qoyaliklarga o’yilgan qrol ramziy mozorlari joylashgan. Ushbu qoya mozorlar antik davrlarda yunon-fors-arman me’moriy xususiyatlarini o’zida mujassam qiladi. geografiya ilmiga asos solgan olim Strabon miloddan oldingi 69-yilda Amasyada tug’ilgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, afsonaviy ayol qabilasi Amazonlarning qrolichasi Amasis ham Amasyada tug’ilgan. Baland burchaklari bilan diqqatlarni o’ziga jalb qilgan qal’aning daryo tomondan ham himoya qilinishi bilan qal’a bir qancha ishg’ol harakatidan omon qolgan. Sohibqiron Amir Temur Anadolu safarida Amasyani qo’lga kirita olmagani aytiladi. Amasyaning bu xususiyati bilan Usmoniy Imperatorligi takror oyoqqa turgan. Yildirim Boyazit 1402 yili Ankara urushida Amir Temurga mag’lub bo’lishi bilan Usmoniy davlati murakkab jarayonni boshidan o’tkazadi.

4 shahzoda boshqa hududlarda o’z xukmdorligini e’lon qiladi.  Shahzodalarning eng kenjasi bo’lgan Chalabiy Mehmet bu murakkab jarayondan muvaffaqiyatli o’tib, Usmoniy Imperatorligini takror birlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Chalabiy Mehmetdan keyin nabirasi Fatih Sulton Mehmet ham Amasya hokimi vazifasidan so’ng, taxtga o’tirishga tayyorlanadi. Yuvoz Sulton Selim ham Amasyaga hokimlik qilgan shahzodalardan biri hisoblanadi.

Usmoniylarning muhim vazirlaridan biri ya’ni, bosh vazirlaridan Ko’prulu Mehmet Pasha va Merzifonlu Qora Mustafa Pasha ham amasyalik bo’lgan. Merzifonlu Qora Mustafa Pasha 1683 yili Venani qamal qilgan. Amasyada Usmoniy Imperatorligi davomida bir qancha muhim tarixiy asarlar barpo etilgan. Boyazit jome’yi va Sabunjuog’lu tarixiy muzeyi bulardan biri hisoblanadi.

Yashilirmoq sohilida 1800 yili insho etilgan ulkan tarixiy bino kunimizda qayta ta’mirlanib, shahzodalar muzeyiga aylantirilgan. Muzeyda shahzodalarning va podsholarning shamdan yasalgan haykallarini uchratish mumkin.

Amasyada yetishtirilgan qishloq-xo’jaligi mahsulotlaridan eng mashhuri olma hisoblanadi. U yerda yetishgan olmalar lazzati bilan ajralib turadi. Kichkina bo’lishiga qaramay lazzati shirin bo’lgan Amasya olmalari bir qancha davlatlarga eksport qilinadi.

Farhod va Shirin afsonasi Amasya xalqi orasida keng tarqalgan. Afsonaga ko’ra, Farhod mashhur rassom bo’ladi. Yangi saroy qurdirgan Sulton Farhodga saroyga bezak berishini buyruq beradi. Bor hunarini ishga solgan Farhod kunlardan bir kuni saroyni tomosha qilish uchun kelgan Shirinni ko’rib qoladi. Va unga oshiq bo’lib qoladi. Sulton qizini oddiy rassomga berishni xohlamaydi. Lekin, qizining ham Farhodda ko’ngli borligini bilgach, bunga qarshi chiqa olmaydi. Sulton Farhoddan olma tog’ini teshib, Amasyaga suv olib kelishini buyuradi. Xalq suvga tashna bo’ladi. Shirinning ishqida yongan Farhod bu vazifani qabul qiladi va darhol yo’lga otlanadi. Uzoq yillar mobaynida ıko’rsatgan g’ayrati o’z natijasini beradi va tog’ni teshib suv chiqargan Farhod shahar aholisini qurg’oqchilikdan qutqarib qoladi. Va nihoyat Shirinning visoliga yetadi.

Anadoluda, Kafkazlarda va Eronda ushbu afsonaning turli variantlarini uchratish mumkin. Amasyada Farhod va Shirinning xotirasiga atab Oshiqlar muzeyi tashkil qilingan. Hozirda bu muzey sayyohlarning e’tiboridan joy olgan.

Agar yo’lingiz Turkiyaga tushsa, albatta shahzodalar shahri Amasyaga sayohat qilishni unutmang!

 Yashilirmoq sohilida joylashgan tarixiy uylari, muzeylari va qal’asi bilan diqqat qaratgan Amasya sizlarni kutib qoladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Amasya , #Turkiya , #Qoradengiz , #Yildirim Boyazit

Aloqador xabarlar