Hz. Muhammad. Ollohning elchisi” kinofilmi premyerasi bo’lib o’tdi.

Hazrati Muhammadning bolalik va yoshlik davri bilan Islomning tug’ilishini anglatgan “ Hz. Muhammad. Ollohning elchisi” kinofilmi premyerasi bo’lib o’tdi.

598014
Hz. Muhammad. Ollohning elchisi” kinofilmi premyerasi bo’lib o’tdi.

Hazrati Muhammadning bolalik va yoshlik davri bilan Islomning tug’ilishini anglatgan “ Hz. Muhammad. Ollohning elchisi” kinofilmi premyerasi bo’lib o’tdi.

Rejissorligini Majid Majidi olib borgan va Islomiyat bilan aloqali eng muhim asar bo’lishini maqsad qilib olgan premyera keng ishtirok bilan Istanbul Kanyon AVMda o’tkazildi.

Ikki yil oldin Islomni tanlab Musulmon bo’lgan Vilma Elles, Germaniyada “Islom ilmlari” o’qiganini, Islom haqida oldin ham tadqiqotlarga boshlaganini ma’lum qilib kino-film bilan tegishli o’z  mulohazalarini bildirdi.

Hz. Muhammadning  hayotini anglatish tufayli juda xursand ekanini ifoda etgan Elles,

“ Olamshumul  bir kinofilm. Juda yaxshi tadqiq qilinishi kerak, juda qiyin bir vazifa. Chunki tomoshabinlar tafsilotlarga e’tibor beradi.  Ushbu kinofilmdan juda ko’p narsa o’rganamiz Islom borasida dedi. Faqatgina hozir emas, bundan 50-60 yil so’ngra ham juda muhim bir kinofilm bo’ladi.” Deb ma’lum qildi.

 Direktor va rejissor O’sman Sinav Eronlik rejissor Majid Majidi bilan do’st bo’lganlarini va kino- film setini tasvirga tushirishdan  oldin borib ko’rganlarini ma’lum qildi.

Kino-filmni  oldindan  qisman tomosha qilganlarini anglatgan Sinav,

“ juda ma’noli va yaxshi  bir ish, favqulodda bir kinofilm. Majidining nazariyasi, hikoyasini muhokama qilish shakli va tasvirga tushirishlarini yoqtirdim dedi.

Payg’ambarning kelishi, vahiy qanday bir sharoitda nozil bo’lganini u qadar yaxshi izoh etmoqdaki,

U tuyg’uni tomoshabinga juda yaxshi yetkazib bermoqda. Uzoq yillar mehnat qildi. Kinofilm tarixiy jihatidan va dunyo insoniyati uchun juda  muhim bir kino- film. Bilganimcha spekulyatsiya qilinadigan  bir kinofilm emas. Shubhaga o’rin yo’q, juda  ochiq  va yaxshi tayyorlangan bir kinofilm.” Dedi.

Ssenariyni Majidi  bilan Kambuzia Parto’vi yozgan kino- film, Hz. Muahmmadning tug’ilishidan 13 yoshigacha  o’tgan muddatdagi hayotini va u yillarda bo’lib o’tgan voqealarni, farqli bir qarash bilan ko’rib chiqmoqda. Italiyadan ba’zi rejissorlar ham o’rin olgan kino- film, Hz. Muhammad borasida bugungacha tasvirga tushirilgan ikkinchi kino- film bo’lish xususiyatida.

Ikki yil davom etgan tadqiqot va 5 yil davom etgan tasvirga tushirish natijasida yakunlangan kinofilm uchun Makka va Madina platosi tayyorlandi. Uch yilda yakunlangan platoda, 40 yil yana tarixiy filmlar tasvirga tushirila oladigan chidamli sahnalar tashkil etildi.  

Jami 30 million dollar sarflangan va 2015da yakunlangan kino-filmda, Sareh Bayat, Mo’hsen Tanabandeh, Rana Azadivar, Ali Reza Shoja- nuri va Mina Sadati obrazlarda o’rin oldi.

 Ko’rinish rejissorligini Vittorio Storaro olib borgan “ Hz. Muhammad: Ollohning elchisi,” kinofilm Juma  katta ekranlarda namoyish etiladi.

 



Aloqador xabarlar