Istanbulda “15 iyul Shahidlar va demokratiya muzeyi” ochilmoqda

Muzeyda davlat to’ntaruvini bostirish paytida halok bo'lgan qahramonlarga tegishli ashyolar, shahid oilalari va jarohatlanganlardan olingan intervyular, jurnalistlarning siniq kameralari yoki fotosurat jihozlari va boshqa materiallar namoyish qilinadi.

547692
Istanbulda “15 iyul Shahidlar va demokratiya muzeyi” ochilmoqda

Fathullohchi terror tashkiloti-Parallel davlat tuzilishi tomonidan davlatni to’ntarishga tashabbus chog’ida halok bo’lganlar xotirasiga hurmat maqsadida Istanbulda “15 iyul Shahidlar va demokratiya muzeyi” ochilmoqda.

Istanbul Buyuk shahar hokimiyati ma’lum qilishicha, 15 iyul kuni halok bo’lganlar haqida “15 iyul shahidlar kitobi” nashr qilinadi.

Istanbul Buyuk shahar hokimi Kadir To’pbashning buyrug’i bilan muzeyni tashkil qilish ishlari boshlab yuborildi.

Muzeyni tashkil qilishda hokimiyat qoshidagi madaniyat maslahatchiligi, Istanbul hokimiyati, Istanbul Xavfsizlik boshqarmasi, siyosiy partiya vakolatxonalari, 1-Qo’shin qo’mondonligi va Otaturk aeroporti boshqarmasi bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi.

Shahidlar muzeyida davlat to’ntaruvini bostirishga harakat qilar ekan, halok bo’lgan shahid oilalari va jarohatlanganlardan olingan intervyular ham o’rin oladi.

Shuningdek, tanklarni to’xtatayotgan paytda ezilgan mashinalar, jurnalistlarning siniq kameralari yoki fotosurat jihozlari va boshqa har qanday materiallar namoyish qilinadi.

Bundan oldin Turkiya tarixida ro’y bergan harbiy to’ntaruvga doir tasvirlar va materiallar ham o’rin oladi.

“15 iyul shahidlar kitobi”da esa, to’ntaruv tashabbusi paytida halok bo’lganlarning hayoti va turk xalqining birdamligini tilga olgan maqolalar chop etiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #shahid , #muzey , #xotira , #kitob

Aloqador xabarlar