Yunus Emre instituti tashabbusi bilan 40 davlatdan 550 talaba Turkiyaga kelmoqda

Xorijdagi turk tili kurslarida tahsil olgan yoshlar har yili bo’lganidek, bu yil ham Turkiyaning madaniyatini yaqindan ko’rish va turkcha talaffuzini yana ham rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

529922
Yunus Emre instituti tashabbusi bilan 40 davlatdan 550 talaba Turkiyaga kelmoqda

Turk madaniyatining keng tanitilishiga doir muhim loyihalarning muallifi bo’lgan Yunus Emre instituti bu yil xorijda turk tili kurslarida tahsil olgan 550 talabani Turkiyaga taklif qiladi.

Yunus Emre instituti direktori Sheref Atesh dunyoning ko’plab davlatlarida turk tilini o’rganishga katta talab borligini aytib o’tdi.

Uning aytishicha, yaqinda elektron sistema loyihasi asosida uzoqdan turk tilini o’rganish imkoniyati yaratiladi.

Yaqinda bu loyiha amalga oshiriladi.

Xorijdagi turk tili kurslarida tahsil olgan yoshlar har yili bo’lganidek, bu yil ham Turkiyaning madaniyatini yaqindan ko’rish va turkcha talaffuzini yana ham rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Yunus Emre instituti direktori Sheref Atesh ma’lum qilishicha, Turkiyaga taklif qilingan talabalar minglab talabalar orasidan maxsus shartlarga ko’ra tanlab olindi.

 “Bu yil yozgi dam olish mavsumida jami 40 davlatdan 550 talabani Turkiyaga olib kelamiz. Ular bir oy mobaynida 18 ta shaharga bo’linib, turk tilini yana ham chuqur o’rganadilar. Ayni paytda, madaniy sayohatlarga ham qatnashadilar”,-deydi Yunus Emre instituti direktori Sheref Atesh.

Bir oylik o’quv dasturidan so’ng, talabalar Istanbulda “Turk tili” bayramini o’tkazadilar.

 

 

 



Aloqador xabarlar