Turkiyaning Qoradengiz mintaqasi arab turistlarning dam olish maskaniga aylandi

Iordaniyadan Turkiyaning Samsun viloyatiga samolyot reyslari yo’lga qo’yilishi bilan Turkiyaga kelgan arab turistlarning sonida ortish kuzatildi.

529870
Turkiyaning Qoradengiz mintaqasi arab turistlarning dam olish maskaniga aylandi

Iordaniyadan Turkiyaning Samsun viloyatiga samolyot reyslari yo’lga qo’yilishi bilan Turkiyaga kelgan arab turistlarning sonida ortish kuzatildi.

Kecha poytaxt Omandan Turkiyaning Samsun viloyatiga 95 nafar arab turist keldi.

Iordaniyalik turistlarning aytishicha, arablar Turkiyaning jannatmakon Qoradengiz mintaqasini endi-endi kashf qila boshladilar.

“Qoradengiz mintaqasining tabiiy go’zalligini eshitishimiz bilan bu yerga kelishga qaror berdik. Turkiya musulmon davlat, madaniyat jihatidan ham bizga yaqin. Iordaniya-Turkiya o’rtasidagi aloqalar juda yaxshi. Biz bu yerga kelganimizdan baxtiyormiz”,-deydi arab turistlardan biri.

Arab turistlar o’z vataniga qaytishi bilan do’stu-birodarlariga ham Samsunga kelib dam olishni tavsiya qilmoqchi.

Oman-Samsun reyslari haftada 2 marta amalga oshirilar ekan, kelgusida Ordu viloyatiga ham Ko’rfaz davlatlaridan samolyot reyslari yo’lga qo’yilishi kutilmoqda.

Ordu viloyati hokimi Irfan Balkanliog’lu ma’lum qilishicha, 19 iyuldan e’tiboran Ordu-Giresun aeroportidan xorij davlatlariga samolyot reyslari yo’lga qo’yiladi.

Uning aytishicha, yaqinda Saudiya Arabistonning poytaxti Riyaddan arab turistlar Ordu aeroportida kutib olinadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qoradengiz , #arab , #turist , #sayyoh , #Samsun , #sayohat

Aloqador xabarlar