Afsonaviy rok guruhi Scorpions, Istanbulda konsert berdi

Olmoniyaning afsonaviy rok guruhi, sahnada aks ettirilgan kattakon turk bayrog’i oldida o’z muxlislariga ajoyib musiqa ziyofati taqdim etdi.

528431
Afsonaviy rok guruhi Scorpions, Istanbulda konsert berdi

Olmoniyaning afsonaviy rok guruhi Scorpions, “50-yil festivali” doirasida Istanbulda konsert berdi.

Scorpions, sahnada aks ettirilgan kattakon turk bayrog’i oldida o’z muxlislariga ajoyib musiqa ziyofati taqdim etdi.

Guruh, "Still Loving You", "Wind of Change", "Rock You Like a Hurricane", "Send Me an Angel", "No One Like You", "Always Somewhere" kabi eng chiroyli asarlarini kuyladi.

Scorpionsning vokalisti, bir necha qo’shiqning muallifi va bastakori Klaus Meine, takror Istanbulda sahnaga chiqqanidan judayam xursand ekanligini o’z muxlislari bilan baham ko’rdi.

Konsertda taniqli turk rok qo’shiqchisi Shabnam Ferah ham “Sil Bashtan”, "Birileri Var", "Ya Hep Ya Hich", "Mayin Tarlası", "Bu Ashk Fazla Sana" kabi asarlarini konsert tinglovchilari e’tiboriga havola qildi.

Rok qo’shig’ining afsona guruhlaridan biri hisoblangan Scorpions, 1965-yili gitarist Rudolf Schenker tomonidan Olmoniyaning Hanover shahrida tashkil topgan edi.

Guruh har doim, o’z albomlarini eng ko’p sotganlar ro’yhatida o’rin olib kelgan.


Tanlangan kalimalar: #Scorpions , #rok , #qo'shiq , #Istanbul

Aloqador xabarlar