Turkiyaning madaniy xazinalari 29-qism

Istanbulning ramziga aylangan “Kiz kulesi” ya’ni Qiz minorasi haqida ma’lumot...

523200
Turkiyaning madaniy xazinalari 29-qism

 

Istanbulning ramziga aylangan “Kiz kulesi” ya’ni Qiz minorasi haqida ma’lumot beramiz.

Tarix mobaynida bir qancha afsonaga mavzu bo’lgan Qiz minorasi Istanbul bo’g’ozining Anadolu sohilida qad rostlab turadi.

Qiz minorasi nomidan ko’rinib turganidek, bir malikaga atab qurilgan. Bashoratchilar Vizantiya imperatoriga qizini ilon chaqib o’ldirishini aytadi. Buni eshitgan imperator ilonlar chiqa olmaydigan qilib, dengiz bo’yiga uzun minorali qal’a qurdiradi va qizini u yerga joylashtiradi. Lekin, taqdir taqazosi bilan qizga jo’natilgan yeguliklar ichiga kirib olgan ilon malikani chaqib o’ldiradi. Imperator qizining jasadini temirdan yasalgan tobut ichiga qo’yib, Ayasofiyaning kiraverishiga baland joyga qo’ydiradi. Kunimizgacha yetib kelgan bu tobutda ikkita teshik ko’rinib turadi. Afsonalarga ko’ra, ilonlar xatto temir tobut ichida ham malikani tinch qo’ymaydi.

Qiz minorasi Anadolu sohiliga 200 metr uzoqlikda kichkina orolcha ustiga qurilgan bo’lib, Istanbulning ramzlaridan biridir. Qiz minorasi haqida turlicha afsonalar aytiladi. Bulardan yana biri antik davrdan qolgan afsonadir. Afsona shunday boshlanadi: Anadolu  sohilida go’zallik tangrichasi Afrodit uchun bir ibodatgoh quriladi. Har yili ma’lum bir davrlarda sevgiga tashna insonlar bu ibodatgohga keladilar. Tangrichaning rohibalaridan biri bo’lgan Hero bu yerda yosh navqiron Leandros ismli yigit bilan uchrashib qoladi.

Ikki yosh bir-biriga bir ko’rishda oshiq bo’lib qoladi. Qiz minorasining oldida  qushlarga don sochish bilan mashg’ul bo’lgan Hero bilan har kuni tunda uchrashish uchun yonib turgan chiroqqa tomon suza boshlaydi. Iliq yoz kechalari juda maroqli vaqt o’tkazadilar. Lekin, qish fasli kirib kelishi bilan tunda kuchli izg’irinning ta’sirida yonib turgan fonar dengizga tushib ketadi. Chiroq nuriga tomon suzib kelayotgan Leandros bo’g’ozning kuchli to’lqinlarida g’arq bo’ladi. Uning o’ldi deb o’ylagan Hero o’zini dengizga tashlab yuboradi.

Qiz minorasi bilan bog’liq afsonalardan yana biri Battal G’oziy haqida. Afsonaviy arab qo’mondoni o’z askarlari bilan Istanbulning hozirgi Uskudar dahasiga keladi. Uskudar hokimi qizini yomonliklardan himoya qilish maqsadida Qiz minorasiga joylashtiradi. Orolchaga kelgan Battal G’oziy Uskudar hokimining qiziga oshiq bo’lib qoladi va u bilan turmush quradi, so’ngra vatani Malatiyaga olib ketadi.

Tarix mobaynida turli maqsadlar bilan foydalanilgan Qiz minorasi kunimizda restoran sifatida xizmat bermoqda. Qiz minorasiga Istanbulning Anadolu sohilidagi qayiqlar vositasida boriladi.

Istanbuldagi bo’g’oz manzarasida tengi yo’q chiroyga ega Qiz minorasi sayyohlar gavjum bo’lgan maskanlardan biriga aylangan. Qiz minorasining tarixiy xususiyati va haqidagi afsonalar sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.

Agar Istanbulga yo’lingiz tushsa mutlaqo Qiz minorasini tomosha qiling va chiroyidan bahramand bo’ling!

 


Tanlangan kalimalar: #Kız kulesi , #Qiz minorasi , #afsona , #Istanbul

Aloqador xabarlar