Yahudiy qatliomiga guvoh bo’lgan Nobel mukofoti sovrindori yozuvchi Elie Veisel vafot etdi
Isroil davlati va yahudiy xalqi ko’plab adabiy mukofot sovrindori va Nobel mukofoti sohibi taniqli yozuvchi, jurnalist Elie Veisel uchun motam tutmoqda.
Yahudiy qatliomiga guvoh bo’lgan Nobel mukofoti sovrindori yozuvchi Elie Veisel 87 yoshida vafot etdi.
Isroillik vakillar taniqli yozuvchining vafot etganini ma’lum qilar ekan, tafsilotli ma’lumot bermadi.
Isroil Bosh vaziri Benjamin Netanyahu ma’lum qilishicha, Isroil davlati va yahudiy xalqi Elie Veisel uchun motam tutmoqda.
Ruminiyada tug’ilgan Elie Veisel 1944 yili nemis fashistlar tomonidan oilasi bilan birga asir lageriga olib ketilgan.
Asir lagerida ota-onasi va bir singlisidan judo bo’lgan Elie Veisel 1945 yili tirik qolgan ikki singlisi bilan birga asirlikdan ozod bo’ladi.
Aslida, falsafa bo’yicha tahsil olgan Elie Veisel, keyinchalik jurnalist sifatida hayotini davom ettiradi.
Amerikada yashagan chog’larida 40dan ortiq kitob yozgan Elie Veisel ko’plab adabiy mukofot sovrindori bo’lgan.
U 1986 yili zo’ravonlik va millatchilikka qarshi mardonavor kurashi sababli Nobel mukofotiga loyiq deb topildi.
Elie Veiselning “Auschwitz” asir lagerida boshidan o’tgan voqealar asosida yozgan “Tun” nomli kitobi 10 mln dona bosildi.
Taniqli yozuvchi o’zi kabi asir lageridan omon qolgan Marion ismli ayol bilan turmush quradi va bitta farzandli bo’lgan.