Qatarlik olimlar uchta yangi sayyora kashf qildi
Xalqaro Astronomiya Ittifoqi bilan kelishuv asosida, sayyoralar “Qatar 3”, “Qatar 4” va “Qatar 5” deb nomlangan.

Qatarlik olimlar uchta yangi sayyora kashf qildi.
Bu haqda Qatar QNA rasmiy xabar agentligi ma’lum qiladi.
Ma’lumotga ko’ra, Qatar atrof-muhit va energiya tadqiqotlar instituti direktor o’rinbosari Halid As-Subeyi boshchiligidagi bir guruh olimlar AQSh, Ispaniya va Xitoyda joylashgan rasadxonalarda tasvirga tushirilgan o’n minglab fotosuratlarni tekshirib chiqdi va galaktika yulduzlari atrofida aylangan 3 ta yangi sayyorani aniqladi.
Yangi sayyoralar massa jihatidan issiq Yupiterlar toifasiga kiradi.
Sayyoralarning radiusi dunyo radiusidan 12-17 barobar katta hisoblanadi.
Sayyoralar asosiy yulduzga yaqinligi tufayli sirtidagi issiqlik darajasi 1400-1700°C atrofida o’zgarib turadi.
Ushbu sayyoralar o’z yulduzlarining orbitasi atrofida bir marta aylanib chiqish tezligi 1.8-2.9 kunga to’g’ri keladi.
Sayyoralarning quyosh sistemasiga uzoqligi 1400-1800 astronomik birlikka teng.
Xalqaro Astronomiya Ittifoqi bilan kelishuv asosida, sayyoralar “Qatar 3”, “Qatar 4” va “Qatar 5” deb nomlangan.
Aloqador xabarlar

Turkiyaning Assos shahrida 2200 yillik mozaika topildi
Turkiyaning qadimiy Assos shahrida 2200 yillik mozaika topildi.