1-Xalqaro Kristall Qal’a film festivaliga atigi 3 kun qoldi
Ushbu tadbir nafaqat Alaniyada balki film festivali tarixida ham birinchi marotaba o'tkaziladi.

Alaniyada bo’lib o’tadigan “1-Xalqaro Kristall Qal’a” film festivali 24-iyun kuni boshlaydi.
“Do’stlik yutib chiqsin” degan mavzudagi festivalda Germaniya, Bolgariya, Gollandiya, Daniya, Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog'iston, Ozarbayjon va Turkiya nomidan do’stlik va birdamlik tuyg'usini o’z ichiga olgan filmlar tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.
Ushbu filmlar ro’yhatida "Jack", "Happy Hour", "The Judgement", "Snow", "The Count of Oranges", "Seagulls", "Love Swing", "Homeland", "Down The River" va "Nabat" nomidagi chet el filmlari bilan birga Atalay Tashdikenga oid "Arama Motoru", Biray Dalkıranga oid "Meleklerin Mujizesi" va Mitsutoshi Tanaka rejissyorligidagi Yaponiya bilan Turkiyaning o’rtak filmi "Ertug’rul 1890" filmlari ham o’rin olgan.
Festival doirasida undan tashqari, “Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari film hamkorligi” deb nomlagna panel ham o’tkaziladi.