Hayot mavjud bo’lgan yangi sayyora topildi
Kepler 1647-b deb nom berilgan sayyoraning kattaligi Yupiter sayyorasiga teng keladi va bu sayyorada suv bo’lishi taxmin qilinmoqda.
Amerika va koreyalik astrofiziklar hayot mavjud bo’lgan yangi sayyorani topishga muvaffaq bo’ldilar.
Kepler 1647-b deb nom berilgan osmon jismining qo'shaloq yulduz atrofida aylanish davri 1107 sutkani tashkil qiladi.
Uning kattaligi Yupiter sayyorasiga teng keladi va bu sayyorada suv bo’lishi taxmin qilinmoqda.
Kepler 1647-b tizimi ayni paytda hozirgacha topilgan sayyoralar ichida eng keng orbitaga ega.
Sayyoraning orbitasida aylangan yulduzlarning quyosh kattaligida ekani taxmin qilinmoqda.
Olimlar uning yoshi 4.4 mlrd yilga teng va 4.6 mln yoshdagi quroshdan ham yoshroq deb hisoblamoqda.
Mazkur sayyor ikki yulduzga ega bo’lib, o’z vazifasiga ko’ra, quyoshni eslatib turadi.
Olimlar topilgan sayyorada yashash mumkinligini ilkor etmayotir.
Kepler 1647-b dastlab 2011 yilda kuzatildi.
Olingan ma’lumotlar va suratlarni tahlil qilish jarayoni bir necha yil davom etdi.
Hozirda olimlar ushbu yangi sayyora ustida tadqiqot olib borishni davom ettirmoqdalar.