Rus diplomatning qizi Elizaveta Peskova Turkiyaning shaydosi...

Rus diplomat Dmitriy Peskovning Ankarada tug’ilgan qizi Elizaveta Peskovaning fikricha, Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi kelishmovchilikdan asosan, oddiy insonlar zarar ko’rmoqda.

507413
Rus diplomatning qizi Elizaveta Peskova Turkiyaning shaydosi...

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning turkolog bo’lgan matbuot maslahatchisi Dmitriy Peskovning Ankarada tug’ilgan qizi Elizaveta Peskovaning fikricha, Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi kelishmovchilikdan asosan, oddiy insonlar zarar ko’rmoqda.

Turkiya gazetasiga intervyu bergan Elizaveta: “Tug’ilganligim xaqidagi guvohnomamga tug’ilgan joyim Ankara deb yozilgan. Turkiya men uchun Rossiya kabi vatanim hisoblanadi. Ikki davlat o’rtasidagi voqealar bu fikrimni o’zgartirmadi. Rossiya hamda Turkiyada insonlarning bu vaziyatdan salbiy ta’sirlangani do’st sifatida meni xafa qilmoqda”,-dedi.

Elizaveta: “Moskvadagi uyimiz kichkina Turkiyaga o’xshaydi. Otam Dmitriy bilan bobom Vladimir turkolog. Otam Sharqshunoslik institutini, bobom esa, Moskva Xalqaro aloqalar fakultetining turkcha bo’limini bitirgan. Men otam Ankaradagi Rossiya elchixonasida diplomat sifatida xizmat ko’rsatayotgan paytda, dunyoga kelgan ekanman. Oilamni turk oilasi desa ham bo’laveradi”,-dedi.

Elizavetaning eng sevib o’qigan turk romani Rashot Nuri Guntekinning “Choliqushi” romanidir.

U Tarkan, Ayla Chelik va Mustafa Jejeli kabi turk san’atkorlarning ashaddiy muhlisasi hisoblanadi.

Elizaveta Peskova Turkiyadagi terrorchilik harakatlarini media orqali qoraladi.

 



Aloqador xabarlar