Bugun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni!

Sanoatda yuzaga kelgan katta o’zgarishlar, inson qo’li bilan tabiatga berilgan zararlar atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda.

504371

Odamzot o’z qo’li bilan dunyoning tabiiy muvozanatini buzayotganini farqiga bordi. Bu tushunchaning rivojlanishi bilan tabiatning muvozanatini saqlab qolishga doir atrof-muhit tushunchasi paydo bo’ldi.

Sanoat korxonalari va zavod-fabrikalarning chiqindilari, avtomobillardan chiqqan zaharli gazlar va boshqa har qanday chiqindilarning tabiatga zarar berishini oldini olish maqsadida ularni qayta ishlash va undan oqilona foydalanish uchun turli chora-tadbirlar ishlab chiqila boshladi. Davlatlar xalqaro uyushmalar vositasida dunyoni saqlab qolish uchun turli metodlarni ishlab chiqa boshladi. Kelgusida insonlarning toza muhitda yashishi uchun barchamiz zimmamizga tushgan mas’uliyatni bajarishga majburmiz.

Tabiatni ko’z-qorachig’idek asrab-avaylash tushunchasi hayotimizning bir parchasi bo’lsin!  Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni qutlug’ bo’lsin!

Aloqador xabarlar