Islomni menga anglat 20-qism

Ibodat, Olloh taolo uchun qilingan har turli so’z va fillardir. Ibodat qilinishi savob bo’lgan va Ollohga yaqinlik ifoda etgan shuurli harakatdir. Insonni Ollohning oldida qimmatli qilgan bir hodisa, bir shuurdir. Bandaning holini to’g’ridan Olloh

499981
Islomni menga anglat 20-qism

 

Ibodat, Olloh taolo  uchun qilingan har turli  so’z va fillardir.  Ibodat qilinishi  savob bo’lgan  va Ollohga   yaqinlik ifoda etgan shuurli harakatdir. Insonni Ollohning oldida qimmatli qilgan bir hodisa, bir shuurdir. Bandaning holini to’g’ridan Ollohga arz etishdir. Balog’at yoshga yetishgan  har Musulmon  ibodat qilish bilan mas’uldir.  

Bir amalning ibodat bo’lishi uchun Islomga mos bo’lishi, İbodat niyati bilan qilinishi, ibodat qilgan  kishining mo’min va ixlosli  bo’lishi kerak. İmom ham ibodat bilan  hayotga aks etadi.

Qur’on karimda ham, insonning yaratilish g’oyasi  ibodat bo’lganini bildiradi.1

Hz. Payg’ambar  ibodat, Ollohning bandalari ustidagi haqi  ekanini  ifoda etganlar.1

Shu bois ibodat, bandaning nafsi  orzularini tark etib Ollohning irodasiga riyo qilish  va uning istagan jihatda hayotini davom   ettirishdir.

Ega bo’lgan har narsani o’ziga bergan Ollohga tashakkur etishning yo’lidir ibodat.

Qur’on karimda ibodat, Islomning barcha hukmlarini tatbiq etishni,  buyuruq va manlariga  riyo qilishni o’z ichiga olgan keng bir doirani ifoda etadi.

Ollohga itoat qilishni  ifoda etishning  sababi esa  hayotning barcha sohalarini o’z ichiga oladi.

Faqat tor ma’noda  masalaga qaralsa, mukalaflardan bajo keltirishi istalgan narsa  tartibli ibodatlardir. Islomga ko’ra, har bandaning kamida farzlar nuqtasida ibodat shuuri bo’lishi kerak.

Payg’ambarimiz, “Islom besh tamal asosda  tashkil topgan : Ollohdan boshqa iloh bo’lmaganiga  va Muhammadning Ollohning  Rasuli ekanligiga  shahodat keltirish,  Namoz  o’qish, zakot berish, hajga borish va Ramazon ro’zasini tutish.” 1 deb buyurib ibodatdagi eng oz farzlarni qator qilib ko’rsatadi.

O’zidan ma’lumot olmoqchi bo’lganlarga ham farz ibodatlarini   shunday qator qilib ko’rsatganlar , Guyo Islom va imonning  tamal farz ibodatlar bilan bir xil ko’rsatilgan. Jabroil hadisi deb  bilingan mashhur  hadis sharifda  mavzuni ayni shaklda izoh etgan.1 barchasi Musulmon uchun majburiy bo’lib, voz kechilmas  ekanini ko’rsatmoqda.

Dinning buyuruqlarini bajo keltirish bilan ma’sul bo’lgan Musulmon, hayotining har sohasini o’z ichiga olgan ibodatlar kundalik, haftalik, yillik va umrda bir marotaba qilingan turlari bordir. Kundalik qilishi kerak bo’lgan ibodat, besh vaqt namoz. Juma namozi haftada bir marotaba o’qiladi.

Ro’za, zakot, bayram namozlari va Qurbon bayramda so’yilgan qurbon, har yil takror qilinishi kerak bo’lgan ibodatlardir. Haj esa, Umrda bir marotaba ado qilinadi. Bularning tashqarisida, ma’lum bir vaqti bo’lmagan  va bajo keltirilgan Janoza namozi, sadaqa, nafl, atalagan sadaqa, duo va zikrlar kabi ibodatlar ham mavjud, har ibodatning, o’ziga ko’ra shartlari bordir.

Musulmonlar uchun har mavzuda bo’lganidek ibodat va bandalikda ham o’rnak Hz. Payg’ambardir.

Uning hayotiga va hadislariga qaraganimizda Musulmon hayotida sunnat va nafl ibodatlar ham juda muhim ibodatlar hisoblanadi.

 

 

Bu borada Payg’ambarimizning  ana shu hadisi juda ham diqqat jalb etuvchidir. “Olloh taolo shunday buyuradi: “ Qulim, menga, farz qilganlarimdan yana  yaxshi bir narsa bilan yaqinlashish mumkin emas. Nafl  ibodatlar bilan ham menga yaqin bo’lishga davom etar. Natijada men uni sevaman. Uni sevgach uning eshitgan qulog’i, ko’rgan ko’zi, tutgan qo’li, yurgan oyog’i bo’laman, mendan  istaganda unga beraman, menga sig’inganda uni himoya qilaman.” Deb buyuradi. 1 Hadis, nafl, ibodatlar Olloh oldidagi qadr- qimmatini oshkor ma’lum qilmoqda.

Payg’ambarimiz ibodatning oz ham bo’lsa mutlaq  davomli bo’lishi kerakligini bildirib 1

Qullik shuuri doim mustahkam bo’lishini ta’kidlagan.

Alohida hayotning har sohasiga doir qilingan yaxshiliklar ham ibodat  ekanligi  ta’kidlangan.  

Bu borada, yordam so’raganga yordam  berish, salom berish, yaxshi narsa aytish, tabassum qilish, biroviga yo’l ko’rsatish, adolat bilan hukm qilish, bir to’siqni yo’ldan olib tashlash, oilaning tirikchiligini ta’min etish uchun faoliyat qilish, ota- onaga  yaxshilik qilish, yetimga shafqat ko’rsatish kabi harakatlar ibodat sifatida muhokama qilinmoqda.

Bandalikda  bo’lganidek bandalikni ko’rsatish shakli bo’lgan ibodatlarda ham eng yuqori nuqta ehson shuuridir. Payg’ambarimizning tarifi bilan, “ Ehson, uni ko’rayotgan kabi Ollohga ibodat qilish. Sen uni ko’rmasang  ham, u seni ko’rmoqda”1 bu shuurga erishgan Musulmon, tashlagan har qadamini , qilgan har ishini, niyat qilgan har ibodatini  Ollohning o’zini ko’rgan shuuri bilan bajo keltiradi. Ushbu shuur yordamida odatlar ibodat hukmiga yuksaladi.

İbodatlar, faqat Ollohning  buyurug’i bo’lgani uchun va Ollohning rizosini qozonish maqsadi bilan qilinadi.

 

Buning bilan birgalikda ibodatlarda ba’zi hikmatlar, moddiy va ma’naviy foydalari bordir. İbodatlar  bandani Ollohga yaqin qiladi, qiyinchilik va gunohlardan qo‘riqlaydi. Axloq jihatdan komillashtiradi. Moddiy ehtiroslardan qutaqaradi va Ruhan yuksaltadi.  Kishini  tartibga soladi. 

Irodasini kuchaytiradi. Mos, muvozanatli va huzurli bir hayot o’tkazishiga vosila bo’ladi.

Jamiyat hayoti jihatidan  ham  ibodatlarning muhim vazifalari bordir.

                                               1

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #İbodat , #Amal , #E'tiqod , #Islom , #Din

Aloqador xabarlar