Ertaga 19-Xalqaro Mostar iqtisodiyot ko'rgazmasi ochilmoqda

12-16 aprel kunlari bo'lib o'tadigan ko'rgazmaga 24 davlatdan 800ga yaqin firma qatnashadi va bulardan 30ga yaqini turk firmalari hisoblanadi.

468955
Ertaga 19-Xalqaro Mostar iqtisodiyot ko'rgazmasi ochilmoqda

Ertaga Bosniya va Gersegovinaning janubida joylashgan Mostar shahrida 19-Xalqaro Mostar iqtisodiyot ko'rgazmasi ochilmoqda.

Mazkur ko'rgazmaga Turkiya birinchi marta “hamkor davlat" sifatida qatnashmoqda.

Ko'rgazmaning ochilish marosimiga Turkiya Bosh vazir o'rinbosari Numan Kurtulmush tashrif buyuradi.

Bundan tashqari, marosimga Horvatiya Prezidenti Kolinda Grabar Kitarovich, Chernogoriya Prezidenti Filip Vujanovich va Serbiya Bosh vaziri Aleksandr Vucic ham tashrif buyuradi.

12-16 aprel kunlari bo'lib o'tadigan ko'rgazmaga 24 davlatdan 800ga yaqin firma qatnashadi. Bulardan 30 ga yaqini turk firmalari hisoblanadi.

Xalqaro Mostar iqtisodiyot ko'rgazmasining tashkiliy ishlar bo'yicha direktori Dalfina Bosnjak barcha tayyorgarliklar yakunlanganini bildirib, Turkiyaning bu yilgi ko'rgazmaga “hamkor davlat" sifatida ishtirok etishi Bosniya va Gersegovina uchun g'urur baxsh etganini tilga oldi.



Aloqador xabarlar