Dunyodagi eng keksa inson Israel Kristal 112 yoshga to'ldi

Guinness Rekordlar kitobiga kirgan Kristal yoshlik chog'larini fashizm davrida asir lagerlarida o'tkazdi.

451204
Dunyodagi eng keksa inson Israel Kristal 112 yoshga to'ldi

Dunyodagi eng keksa inson Israel Kristal 112 yoshga to'ldi.

Polshada tug'ilgan Kristal Isroilning Hayfa shahrida yashaydi.

Guinness Rekordlar kitobiga kirgan Kristal yoshlik chog'larini fashizm davrida asir lagerlarida o'tkazdi.

Israel Kristal o'sha asir lagerlarida ikki farzandi va rafiqasidan judo bo'ladi.

U fashist lagerlarida katta mashaqqatlar bilan tirik qolishga muvaffaq bo'ladi.

Israel Kristal 1945 yili topilganda shunaqangi ozib ketgan ediki, atigi 37 kg edi.

Og'lining aytishicha, otasi Kristalning uzoq umr ko'rishining sababi uning hamisha yaxshilikka intilishidandir.

Bundan oldin dunyoning eng keksa insoni Yaponiyadan chiqqan edi.

Yapon millatiga mansub Yastutaro Koide 112 yoshda vafot etgan edi.



Aloqador xabarlar