Feridun Zaimog'lu Berlin Adabiyot mukofotiga loyiq deb topildi

Turk millatiga mansub yozuvchi Feridun Zaimog'lu Preussische Seehandlung jamiyati tomonidan berilgan mukofotni Berlin shtati Bosh vaziri Michael Mullerning qo'lidan qabul qilib oldi.

435024
Feridun Zaimog'lu Berlin Adabiyot mukofotiga loyiq deb topildi
Feridun Zaimoğlu almanya ödül.jpg

Turk millatiga mansub yozuvchi Feridun Zaimog'lu nemis adabiyotiga qo'shgan hissalari tufayli Berlin Adabiyot mukofotiga loyiq deb topildi.

Zaimog'lu Preussische Seehandlung jamiyati tomonidan berilgan mukofotni Berlin shtati Bosh vaziri Michael Mullerning qo'lidan qabul qilib oldi.

Yozuvchi Feridun Zaimog'lu mukofotga loyiq deb topilganidan g'ururlanganini tilga oldi.

U roman, hikoya, drama kabi ko'plab janrda ijod qilib, 1995 yildan buyon zamonaviy nemis adabiyotining unutilmas siymolaridan biriga aylandi.

Feridun Zaimog'lu o'z asarlarida asosan Germaniyadagi turk ko'chmanchilarning ikkinchi va uchinchi avlodlarining muammolari haqida yozgan.

Uning dastlabki “Bosh ro'mol” nomli kitobi 1995 yili nashr qilingan.

1964 yili Turkiyaning Bolu shahrida tug'ilgan Feridun Zaimog'lu Germaniyada davrning yetuk adabiyotshunoslaridan biri hisoblanadi.

Zaimog'lu 30 ming evro pul mukofotidan tashqari, bir semestr bo'yicha Berlin Mustaqillik universiteti qoshidagi “Heiner-Muller fahriy professorlik” kursisida o'rin olib, talabalar bilan adabiyot sohasida turli muloqotlar o'tkazadi.



Aloqador xabarlar