Moskvada Muhammad payg’ambarning soch tolasi namoyish qilindi

Muhammad payg’ambarning soch tolasi Rossiyaning poytaxti Moskvada namoyish qilinmoqda.

424493
Moskvada Muhammad payg’ambarning soch tolasi namoyish qilindi
hz muhammed saç teli

Muhammad payg'ambarning soch tolasi Rossiyaning poytaxti Moskvada namoyish qilinmoqda.

Rossiya musulmonlari diniy idorasi tomonidan Moskvadagi ko'rgazmalar maydonida Muhammad payg'ambarning hayoti va islom diniga bag'ishlangan kecha o'tkazildi.

Kechada namoyish qilingan eksponatlar ichida Muhammad payg'ambarning soch tolasi ham o'rin olgan.

Moskvadagi markaziy jome'dan keltirilib, shisha quti ichida namoyish qilingan soch tolasini ko'rish uchun insonlar navbatga turdi.

Kechada Muhammad payg'ambarning o'gitlari yozilgan kartina ko'rgazmasi ochildi.

Tashkil qilingan standlarda turli diniy kitob va ashyolar sotuvga chiqarildi.

Moskva musulmonlar muftiyi Ildor Alyautdinov: “Kechada islom dinini insonlarga anglatish va Muhammad payg'ambar haqida ma'lumot berishni maqsad qildik. Kechaga bu yil Rossiyadagi musulmonlardan tashqari ruslar ham katta e'tibor ko'rsatdi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Muhammad , #payg'ambar , #Moskva

Aloqador xabarlar