52-Xalqaro Antaliya fil’m festivaliga sanoqli kunlar qoldi

Festivalda turk kinofil’mining o’chmas siymolaridan biri bo’lgan aktyor Kemal Sunal vafotining 15 yilligi munosabati bilan “Kemal Sunal” ko’rgazmasi ochiladi.

415970
52-Xalqaro Antaliya fil’m festivaliga sanoqli kunlar qoldi

Joriy yilning 29 noyabr kuni 52-Xalqaro Antaliya fil’m festivali boshlanadi.
Festivalda turk kinofil’mining o’chmas siymolaridan biri bo’lgan aktyor Kemal Sunal vafotining 15 yilligi munosabati bilan “Kemal Sunal” ko’rgazmasi ochiladi.
Mazkur ko’rgazmada usta aktyorning kinofil’mlarda kiygan liboslari va foydalangan ashyolari namoyish qilinadi.
Ko’rgazmada “Farroshlar qroli” nomli kinofil’mdagi ro’li tufayli 1977 yili “Eng yaxshi erkak aktyor” mukofoti bilan taqdirlangan Kemal Sunal yodga olinadi.
Mazkur ko’rgazma aktyorning rafiqasi Gul Sunal va farzandlari Ezo va Ali Sunalning qo’llab quvvatlovi bilan tashkil qilindi.

52-Xalqaro Antaliya fil’m festivali 6 dekabrgacha davom etadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar