Angeline Jolie Turkiyaning Izmir shahridan uy sotib oldi

Hollywood yulduzlari Angeline Jolie va Brad Pitt dengizdan bir necha metr uzoqlikda va tahminan 10 ming kvadrat metrlik hovliga ega bo’lgan muhtasham villaga 2.6 million dollarni naqd sanab bergani aytilmoqda.

406503
Angeline Jolie Turkiyaning Izmir shahridan uy sotib oldi

Oscar mukofoti sovrindorlari Hollywood yulduzlari Angeline Jolie va Brad Pitt Turkiyaning Izmir shahridan uy sotib oldi.
Angeline Jolie va Brad Pitt 2.6 million dollarga Izmirning Urla tumani yaqinlarida dengiz bo’yidan villa sotib oldi.
Ularning qaysi muhtasham villani sotib olgani hozircha sir, lekin 23 oktaybrda villaning Angeline Jolie va Brad Pitt nomiga o’tgani ma’lum bo’ldi.
Taniqli aktyor oilasi dengizdan bir necha metr uzoqlikda va tahminan 10 ming kvadrat metrlik hovliga ega bo’lgan muhtasham villaga 2.6 million dollarni naqd sanab bergani aytilmoqda.
Ushbu villada 7 ta yotoqxona, 2 ta dam olish xonasi, maxsus hovuz va sport zali joylashgan.
Villani yoqtirganini aytgan Angeline Jolie va Brad Pitt Turkiyaga oshiq ekanini va shu sababli bu villani sotib olganini aytgan.
Angeline Jolie va Brad Pitt 2016 yilning yozida dam olish uchun Turkiyaga kelishi va ta’tilni sotib olgan ushbu villasida o’tkazishi ma’lum qilindi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar