Turk seriallarining muvaffaqiyati AQShda qo’lga olindi

Turk seriallari dunyoning 75 dan ziyod davlatida, bir necha tilda havola qilinmoqda.

318372
Turk seriallarining muvaffaqiyati AQShda qo’lga olindi

Yaqin sharqdan Lotin Amerikaga qadar keng yoyilgan hududda fenomeniga aylangan turk seriallarining muvaffaqiyati AQShdagi Indiana universitetida qo’lga olindi.

Anqara universiteti nomidan ishtirok etgan o’qituvchisi Senem Chevik universitetda uyushtirilgan bir anjumanda doklad o’qir ekan turk seriallarining xalqaro muvaffaqiyatining, Turkiyaning imidji bilan yumshoqgina kuchiga hissa qo’shib, ayniqsa qo’lga olgan mavzulari jihatidan ayol tomoshabinlari ongida muhim ta’sir yaratganligini belgilab o’tdi.

Turk seriallarining ta’sirini bir davrning Amerika seriallarining mashhur madaniyat yoyish ustidagi ta’siriga o’xshatgan Chevik,

“Turk seriallari romantik, xotin-qizlar ta'limi va erkinligi, eng asosiysi oila mavzularini qo’lga olmoqda” dedi.

Turk seriallarining mana shu xususiyatlar orqali, Yaqin Sharq mintaqalari tomonidan qabul qilinayotganligini aytgan Chevik, seriallarning ayolga qaratilgan zo’rovonlik kabi ba’zan tavakkalchi mavzularni ham qo’lga olish orqali an’anaviy va zamonaviy hayot ortasidagi tenglikni ta’minlaganligini belgilab o’tdi.

Turk seriallari oxirgi vaqtlarda Lotin Amerikaga ayniqsa Argentina, Chili va Urugvayga yetib borib ko’plab tomoshabin qozonar ekan Turkiyani Lotin Amerikaning kun tartibiga olib chiqildi.

Senem Chevik “Seriallar, davlatlarning tashqi dunyosiga ochilgan darvozalari bo’lishi mumkin. Shuning uchun Turkiyaning, serial sektoriga xalq diplomatiyasi vositasi sifatida qarashi, ham atalgan sektorni kengaytiradi, ham Turkiyaning yetkazmoqchi bo’lgan mavhum fikrlarini har bir uyga yetkazadi” deya gapirdi.

Yaqindagina Argentinada, “Las Mil y Una Noches” degan nom bilan tomoshabinlar e’tiboriga havola qilina boshlagan “Ming bir kecha” seriali, Turkiyada tasvirga olingan seriallarning har bir mintaqadagi tomoshabinlar qalbidan joy oladigan darajada ekanligining ko’rsatkichi olaroq baxolandi.

Chet ellik o’qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan ishtirok etilgan anjumanda Turkiyaning Yaqin Sharqdagi eng mashhur seriallarining mavzulari tahlil qilindi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar