Usmoniy podishohi Kosovada yodga olindi

Usmoniy podishohi Sulton 1-Murod vafotining 626 yilligi munosabati bilan Kosovadagi qabri boshida xotirlandi.

305862
Usmoniy podishohi Kosovada yodga olindi


Kosova maydon jangidan so’ng, urush maydonini aylanayotgan paytda bir serb askar tomonidan o’ldirilgan Sulton Murod Hudavendigar Xonning qabri Prishtineda joylashgan.
Sulton Murod Hudavendigarni Milosh Obilich ismli serb askar o’ldirgan.
Qur’on tilovati bilan boshlangan xotira marosimi Sulton Murod Hudavendigarning maxsus duosi bilan davom etdi.
Marosimga Turkiyaning Kosovadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Songul O’zan ham qatnashdi.
Songul O’zanning aytishicha, Usmoniy davlatining 3-podishohi Sulton Murod Hudavendigar shahid bo’lgan joyga barpo qilingan “Sulton Murod” maqbarasi Bolqonlar jihatidan tinchlik, hotirjamlik va qardoshlikning abadiy ramzi sifatida qabul qilingan.
Katta qiziqish ko’rsatilgan xotira marosimida Sulton Murod Hudavendigar Xon shahid bo’lgan urush haqida tarixiy ma’lumotlarga ham o’rin berildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar