Aydan O'zo'g'uz: "Migratsiya orqali, perspektivalar o'zgardi".

O'o'g'uzning aytishicha taxsilli bir necha germaniyalik turklar ish qidirib, Turkiyaga kelmoqdalar.

264048
Aydan O'zo'g'uz: "Migratsiya orqali, perspektivalar o'zgardi".

Germaniyaning Bonn universitetida “Migratsiya orqali perspektivaning o’zgarishi” deb atalgan simpozium uyushtirildi.

Simpoziumni Turkiyaning Berlindagi elchisi Huseyin Avni Karslio’g’li ochib berar ekan Germaniyaning migratsiya tajribasi, din-davlat munosabatlari, migratsiya va borgan joyiga ko’nikib ketish mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Simpoziumning ochilish marosimida so’zga chiqgan germaniyalik siyosatchi Aydan O’o’g’uz Germaniyani uzoq vaqtgacha migratsiya davlati qatori ko’rmaganligini eslatib, oxirgi yillarda Germaniya faqatgina migrant qabul qilgan davlat emas ayni vaqtda migrant bergan davlatga aylanganligini aytdi.

O’o’g’uz, germaniyalik bir necha taxsilli turklarning ish qidirib Turkiyaga ketganligiga to’xtalib oxirgi yillarda, migratsiya orqali perspektivaning o’zgarganligini ta’kidladi.

Chet eldagi turklar va Qardosh jamiyatlar raisi dotsent doktor Kudret Bulbul esa Turkiyaning 1960-yillardan boshlab Germaniya birinchilardan bolish bilan birga Yevropaga ishchi migrantlari berganligini va ularninig esa borgan davlatlarida katta hissalar qo’shganligini aytdi.

Yuritilgan tadqiqot ishlariga ko’ra Germaniya va boshqa Yevropa davlatlarida yashagan migrantlarning o’zlarini yakkalangan sifatida his qilganligini ta’kidlagan Bulbul, Neo-Nazi jinoyatlari qurboni bo’lgan insonlar bilan jome masjidlarning olovga berilishi migrantlarning yakkalanish hislarini kuchaytirganligini aytdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar