Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi...

O'zbekistonda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi keng nishonlanmoqda.

218912
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi...

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan “Anda jonim qoldi...” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi va kitob ko‘rgazmasi ochildi.


Tadbirda davlat arboblari, adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar hamda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida o‘zbek davlatchiligi tarixida Boburiylar sulolasining o‘rni va bugungi yoshlar ma’naviyatidagi ahamiyati, Bobur adabiy merosi, sulolaning 33 vakili jahon adabiyoti va san’atiga qo‘shgan hissasi alohida tilga olindi.


Tadbir doirasida O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari Bobur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlaridan parchalar namoyish etdilar hamda hofizlar ijrosida esa Bobur g‘azallariga bastalangan mumtoz kuylar yangradi.

Davra suhbati Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan dolzarb va mazmunli ma’ruzalar bilan tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar