"Nejip Fazil" nomidagi davlat mukofotlari topshirildi

İstanbuldagi Halich Kongres markazida bo’lib o’tgan marosimga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tashrif buyurdi.

178707
"Nejip Fazil" nomidagi davlat mukofotlari topshirildi

Nejip Fazil nomidagi davlat mukofotlari o’z egalariga topshirildi.
Star gazetasi tomonidan uyushtirilgan mukofot topshirish marosimiga Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an tashrif buyurdi.
Prezident Erdog’an Halich Kongres markazida bo’lib o’tgan marosimda so’zga chiqib, “Bugun yangi Turkiya, buyuk Turkiya der ekanmiz, bunda Nejip Fazilning mexnati, asari, peshona teri, g’ayrati bor”-dedi.
Marosimda Nejip Fazil nomidagi xurmat mukofoti Prezident Erdog’an tomonidan yozuvchi Nuri Pakdilga topshirildi.
Marosim chog’ida Prezident Erdog’anga Nejip Fazilning so’zlari yozilgan kartina sovg’a qilindi.
Shuningdek, adabiyotshunos Huseyin Atlansoy she’r mukofotiga va Guray Sungu esa, hikoya mukofotiga loyiq deb topildi.
Fikr va tadqiqot mukofoti esa, Professor Gulru Nejiog’lu bilan Professor İsmail Erunsalga topshirildi.
Marosimga ko’plab adabiyotshunoslar bilan bir qatorda, ba’zi davlat vazirlari ishtirok etdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar