Amerikada Hollywood liboslari ko’rgazmasi ochildi

Hollywood liboslari ko’rgazmasi Los Angelesda san’at shaydolari e’tiboriga havola qilinmoqda.

171663
Amerikada Hollywood liboslari ko’rgazmasi ochildi

Amerikada Hollywood liboslari ko’rgazmasi ochildi.
Hollywood liboslari ko’rgazmasi Los Angelesda san’at shaydolari e’tiboriga havola qilinmoqda.

Amerikaning Los Angeles shahrida Victoria ve Albert muzeyi xomiyligida Kino san’atlari va bilimlari akademiyasining hissalari bilan tashkil qilingan Hollywood liboslari ko’rgazmasi ochildi.
Mazkur ko’rgazmada 150 dan ziyod kinofil’m liboslari va aksesuarlar namoyish qilinmoqda.


Ko’rgazmada "Dallas Buyers Club", "The Hunger Games", "The Great Gatsby", "Django Unchained", "The Wolf of Wall Street" va "American Hustle" kabi kinofil’mlarda foydalanilgan liboslardan tashqari, 1915 yilda tasvirga tushirilgan "The Tramp" fil’midan Charlie Chaplinga tegishli sahna kiyimi, 1937 yilda tasvirga tushirilgan "Angel" kinofil’mida Marlene Dietrich kiygan toshlar bilan bezatilgan kiyim, 1964 yilda tasvirga olingan "Mary Poppins" fil’mida Julie Andrews kiygan kiyimlar va soyabon ham namoyish qilinmoqda.
Mazkur ko’rgazma mart oyigacha davom etadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar