Kipr tinchlik harakatining 40 yilligi keng nishonlanmoqda

Shu munosabat bilan bugun tongi soatlarda Nikosiyadagi Otaturk yodgorligi oldida hotira marosimi o’tkazildi.

64833
Kipr tinchlik harakatining 40 yilligi keng nishonlanmoqda

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida Kipr tinchlik harakatining 40 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan bugun tongi soatlarda Nikosiyadagi Otaturk yodgorligi oldida hotira marosimi o’tkazildi.
Marosimga Turkiya Prezidenti Abdullah Gul, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Dervish Erog’lu, Majlis raisi Sibel Siber, Bosh vazir O’zkan Yorganjiog’lu, vazirlar, deputatlar va ko’plab siyosiy partiya vakillari bilan bir qatorda harbiy yetakchilar ishtirok etdi.
Marosimga Turkiyadan Bosh vazir o’rinbosari Beshir Atalay, deputatlar va siyosiy partiya vakillari qatnashdi.
Dastlab marosimda Otaturk yodgorligiga gulchambar qo’yildi, hotira daftariga tilaklar yozildi.
Nikosiyadagi Doktor Fazil Kuchuk hiyobonida esa, ulkan parad namoyishi o’tkazilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar