Kun tahlili 36 qism

DEAShning e'lon qilinishini muhim voqea sifatida qabul qilganimizda, Abu Husayn Husayni Qureyshi bu terror tashkilotining to'rtinchi rahbari sifatida namoyon bo'ladi.

1983206
Kun tahlili 36 qism

 

DEASh liderlarining o’ldirilishi

DEAShning e'lon qilinishini muhim voqea sifatida qabul qilganimizda, Abu Husayn Husayni Qureyshi bu terror tashkilotining to'rtinchi rahbari sifatida namoyon bo'ladi. 2019-yil 26-oktabrda Abu Bakr Bag‘dodiy o‘ldirilganidan so‘ng, ikkinchi yetakchi Abu Hoshimiy 2022-yil fevralda, keyingi yetakchi Abu Hasan esa 2022-yil oktabr oyida yana AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan amaliyotlar bilan yo’q qilindi.Turkiya, MIT maxsus guruhi bilan DEAShning so'nggi rahbarini  yo’q qildi. Abu Bakr Bag‘dodiydan keyingi DEASh yetakchilari haqida batafsil ma’lumot yo‘q. Aytgancha, Abu Husaynning haqiqiy ismi haqida hozircha maʼlumotlar yoʻq. Boshqa tomondan Anadolu agentligi xabarida Ebu Huseyinning 2013 yili tashkilotga a'zo bo'lgani va tez sur'atlar bilan ko'tarilganligi bildirildi. Bu DEASHdan keyingi avlodning yangi davrda faolroq pozitsiyada ekanligiga ishora bo'lishi mumkin.

 SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeshiltashning bu boradagi  fikr va mulohozasini taqdim etamiz...

2019-yilning 26-oktabr kuni DEASH yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiyning  yo’q qilinishi  bilan DEASHning, ayniqsa Iroq va Suriyada qulash jarayoni qayd etildi.Keyingi rahbarlar terror tashkilotining operativ salohiyatini saqlab qolishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, 2019-yilga kelib bu davr ancha o‘tib ketdi. 2022-yilda Abu Hoshimiyning oʻldirilishi bilan oʻn besh oy ichida DAESHning uchta yetakchisi  yo’q qilindi.DEASH o'tmishdagidek (2010-2013) qayta qurish jarayonini boshqarishga harakat qilgan bo'lsa-da, buni amalga oshira olmagani tushuniladi.Bundan tashqari, terror tashkilotining nafaqat rahbariyati, balki yuqori martabali shaxslari ham qo'lga olingani yoki  yo’q qilingani ko'rinmoqda.Bularning barchasiga qaramay, ayniqsa Hol lagerida DEASH a'zolarining oilalari va farzandlarini reabilitatsiya qilmaslik va bu nomlarni ular fuqarosi bo'lgan davlatlar tomonidan qaytarib olmaslik, ushbu lagerlarda DEASHning yangi avlodini yuzaga chiqarish salohiyatiga ega.  Xuddi shunday ko'plab mahalliy va xalqaro hisobotlar DEASH tuzilmasi bu lagerlarda mavjudligini va ayniqsa, o'z g'oyalarini yoyishda davom etayotganini ko'rsatmoqda.

Ma’lumki, Bag‘dodiydan keyin  yo’q qilingan  uchinchi yetakchi Abu Husaynga qarshi operatsiya 29 aprel kuni o‘tkazilgan.Turkiya va dunyo jamoatchiligi Prezident Erdog'anning 30 aprel kuni bergan bayonoti bilan so'z yuritilgan operatsiyadan xabardor bo'ldi. Shundan so'ng, operatsiya tafsilotlari Anadolu agentligi bilan o'rtoqlashdi. Shunga ko‘ra, Abu Husaynga qarshi operatsiya to‘rt soat davom etgan va taslim bo‘lishga chaqiriq qilingan.Operatsiyaning Afrin/Jinderes hududidagi bir binoda bo'lgan Abu Husaynning ko'chishi haqidagi razvedka ma'lumotlari asosida qaror qilingani va terror tashkiloti liderini tiriklayin qo'lga olish maqsad qilingani tushunildi.Aslini olganda, operatsiya o'tkazilgan binoning tasvirlariga qaraganda, binoning havo bombardimoniga uchramagani ko'rinadi. Aftidan, MIT Abu Husaynni tiriklayin qo‘lga olish uchun katta kuch sarflagan.Operatsiyaning to‘rt soat davom etgani shundan dalolat beradi. Abu Husayn qo‘lga tushmaslik uchun o‘zini portlatgani ham xabar qilingan.Darhaqiqat, DEASHning avvalgi yetakchilari Abu Bakr Bag‘dodiy va Abu Hoshim ham xudkush kamzuli bilan o‘zlarini portlatgan edi. Bu holat terror tashkiloti ichida an'anaga aylangani ham tushuniladi.

Suriyada Abu Bakr Bag‘dodiy va undan keyingi barcha DEASh yetakchilarining o‘ldirilishi ajoyib statistika hisoblanadi.Ma’lumki, DEASH Iroqda joylashgan terror tashkiloti bo’lsa-da, 2012-2013-yillardan buyon Suriyaga tarqaldi. Suriyada, ayniqsa yetakchilik nuqtai nazaridan ildiz otgani ko'rinmoqda. Suriya shimolida Abu Hasandan boshqa barcha ismlar yo’q qilindi .Darada faqat Abu Hasan  yo’q qilindi. Demak, DEASH unsurlari ozod qilingan hududlarda osonlik bilan kamuflyaj qila olamiz deb o‘ylaydi.  Darhaqiqat, bu hududlar yillar davomida tartibsizlik va urush o'chog'i bo'lib kelgan. Biroq, 2020 yilga kelib, chegaralar o'zgarmaydi va urush faqat frontal aloqalar sifatida davom etmoqda. Bu mahalliy xavfsizlik elementlariga ham, MITga ham diqqatni nuqta operatsiyalariga qaratishga imkon berdi. Darhaqiqat, MIT so'nggi yillarda ko'plab aksilterror operatsiyalarini amalga oshirdi.

SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeshiltashning bu boradagi  fikr va muloqozasini taqdim etdik.



Aloqador xabarlar