Kun tahlili 13- qism

Panja qilich havo harakati Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi quyi tashkiloti YPG yordamida Istanbulda uyushtirgan terror hujumi ortidan Turkiyaning kutilgan jazo harakati keldi.

1911110
Kun tahlili 13- qism

 

Panja qilich havo harakati

Terror tashkiloti PKKning Suriyadagi quyi tashkiloti YPG yordamida Istanbulda uyushtirgan terror hujumi ortidan Turkiyaning kutilgan jazo harakati keldi. PKK/YPGga oid nishonlarni bombardimon qildi. Hozirgacha besh yuzga yaqin nishonga zarba berilgan boʻlsa, tashkilotning 250 ga yaqin a'zosi  yo’q qilingani e'lon qilindi. Operatsiya 1200 km chegara chizig'ida 150 km chuqurlikdagi juda katta maydonni qamrab olgan bo'lsa, PKK/YPGning vahima ichida ekanligi ko'rinmoqda.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr va mulohazasini  taqdim etamiz...

Terror tashkiloti PKK, Turk armiyasining Iroq va Suriyadagi amaliyotlari MITning bevosita boshqaruvchilarini nishonga olgan bir tenglamada tobora ko'proq burchakka tortildi va o'zi uchun strategik mintaqani, ayniqsa Iroqning shimolidagi Zap mintaqasini  boy berdi. Bu holatni hazm qila olmagan terror tashkiloti, ayniqsa Turkiyaning metropoliyalarida intiqom olish uchun harakat izlashda edi. Ko‘plab terakt urinishlari bartaraf etilgan bo‘lsa-da, ular oxir-oqibat Istanbulning Taksim shahrida terroristik portlash uyushtirib, ko‘plab tinch aholining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Turkiya bu hujumga juda qattiq reaksiya  bildirar ekan, "Panja  qilich  havo operatsiyasi " deb nomlangan jazo amaliyotini boshladi. Iroq va Suriyani bir vaqtning o'zida qamrab olgan ushbu operatsiya doirasida 1200 km chegara chizig'ida 150 km chuqurlikka cho'zilgan katta maydonga havodan zarba berildi. Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, dastlabki 3 kun ichida jami besh yuzta nishon urilgan bo'lsa, taxminan 250 PKK terroristi yo’q qilindi. Suriyadagi Tel Rifat, Manbij, Ayn al Arab, Ayn Iso, Qamishli va Malikiya kabi hududlardan tortib, Iroqdagi Hakurk, Qandil va Asosgacha nishonga olish oralig‘i bor edi. PKK/YPGning bunday keng qamrovli jazo amaliyotini kutmagani va og'ir yo'qotishlar doirasida vahima muhitiga kirgani tushuniladi.

O'nlab samolyotlar va SİHAlar qo'mondonlik va nazorat markazlari, harbiy bazalar, mashg'ulot maydonlari, o'q-dori omborlari va tunnel liniyalari nishonga olingan bo'lsa, TQK PKK/YPGning Suriyadagi energiya infratuzilmasi va unga aloqador ob'ektlarga birinchi marta zarba bera boshladi. Ayniqsa Malikiye-Kamishli liniyasida neft quduqlari, neftni qayta ishlash zavodlari va gaz konlari vayron qilingan. 75 km chuqurlikdagi Dayr ez-Zor mintaqasi yana zarbaga uchrar ekan, PKK/YPG unsurlarining AQSh askarlari tomonidan o'qitilgan YAT nomli qarorgohi ham SİHAlar nishoniga olindi.

Turkiya havodan va quruqlikdan PKK/YPGga qarshi keng qamrovli jazolash harakatlarini davom ettirmoqda, lekin terror tashkiloti tinch aholini nishonga olish orqali ham javob berishga harakat qilmoqda. Ayn al-Arab mintaqasidan Karkamishda tinch aholiga qarshi hujum uyushtirdilar, Azaz shahrining yana nishonga olinganini ko'rdik. TQK qarshisida harbiy jihatdan borligi bo'lmagan tashkilot, tinch aholini nishonga olib, o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Biroq tinch aholiga qaratilgan bu hujumlar Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi qarorini yana bir bor   amalga oshirmoqda. Prezident Erdog’an, so’nggi bayonoti bilan yana bir bor quruqlikdagi operatsiya signalini berdi. Erdo'g'an bir muddat oldin quruqlikdagi operatsiya haqida bayonotlar bergan edi, lekin Putinning Asad rejimi bilan uchrashish taklifini qabul qilib, operatsiyani to'xtatdi. O'tgan davrda Rejim bilan masofani bosib o'tish haqida gap bo'lmadi. Xuddi shunday oxirgi havo amaliyotlarida PKK tarafida bo'lgan ko'plab rejim askari o'ldirildi. Oxir oqibat, Turkiya milliy xavfsizligini mustahkamlash va hujumlarni butunlay to'xtatish uchun keng ko'lamli quruqlikdagi operatsiyalar bilan PKKni chegara chizig'idan butunlay tozalashi kerak.

Xalqaro kon'yunktura Turkiya tomonida bo'lgan shunday bir davrda TQK quruqlikdagi operatsiyalarni boshlashi mumkin ko'rinadi. Birinchi maqsadli hududlar Tel Rifar, Manbij va Ayn al Arabdir.

Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi an AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr  va mulohazasini taqdim  etdik. 

 


Tanlangan kalimalar: #Operatsiya , #Kun tahlili , #PKK/YPG , #Panja- qilich

Aloqador xabarlar