Kun tahlili - 09

Milliy Razvedka tashkiloti, Türkiye uchun muhim kuchdir.

1899077
Kun tahlili - 09

Turk Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) so‘nggi yillarda Iroq va Suriyadagi muvaffaqiyatli amaliyotlari bilan nom qozonar ekan ayni vaqtda, dunyoning faqatgina bir necha razvedka tashkiloti muvaffaq bo‘lgan, insoniy va texnik imkoniyatlar ko‘magida bir vaqtning o‘zida bir necha mintaqada ko‘plab amaliyotlar ijro etmoqda. Ayniqsa 2015-2016 yillari Türkiye shakllantirgan yangi xavfsizlik doktrinasi bilan milliy xavfsizlikni nishonga olgan tahdidlarni o‘z o‘rnida bartaraf etishni ko‘zda tutgan strategiyani amalga oshirishda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

Türkiye murakkab hududda, olov halqasida yashashga urinish bilan bir qatorda yuksalayotgan mintaqaviy kuchdir. Yaqin Sharqdan Afrikaga, Bolqonlardan Markaziy Osiyoga qadar keng hinterlandiyaga ega va mazkur mintaqalarda o‘z o‘rnini topishga harakat qilmoqda. Buning uchun ham yumshoq kuch unsurlari hamda harbiy kuch ishlatish bilan samarali boʻlishni koʻzlagan aktyordir. Oxirgi vaqtlarda mudofaa sanoati va ishlab chiqargan Qurolli insonsiz havo transporti tizimlari bilan global ta’sir yaratishga ham muvaffaq boʻlgan davlatdir. Biroq, geografiyasi ta’sirida katta qiyinchiliklarga duch kelganiga ham guvoh boʻlyapmiz. Albatta, bular orasida qo‘shni davlatlardagi hokimiyat boshlig‘i va terrorizm yetakchi rol oʻtnamoqda. Zero, Türkiye uzoq yillardan beri PKK terror tashkilotiga qarshi kurash olib borayotganiga qaramay Iroq va Suriyada yuz bergan voqealar terror tabiati va natijada unga berilgan javobni ham oʻzgartirmoqda.

Türkiye, 2016-yil 15-iyuldagi davlat toʻntarish tashabbusidan keyin milliy xavfsizligini nishonga olgan terror tahdidlariga qarshi maxsus strategiyani qabul qildi. Bundan maqsad, tahdidlarni oʻz oʻrnida bartaraf etishdir. Bu yangi strategiya yirik transchegaraviy harbiy amaliyotlar degan ma’noni anglatmoqda edi. Shu doirada “Firot qalqoni”, “Zaytun novdasi”, kabi buyuk amaliyotlar amalga oshirildi. Biroq, odatiy harbiy yondashuvlardan tashqari, u Türkiye Milliy Razvedka Tashkilotiga katta sarmoya kiritib, tashkilotni butun dunyoda amaliyot yurita olishga qodir tuzilmaga aylantirdi.

Bosh shtab Elektron tizimlari qoʻmondonligining 2012-yili MRT tarkibiga kiritilishi va tashkilot qonunining oʻzgartirilishi samarali natija berdi. Bu orqali oʻzgargan dunyo shartlari va xavfsizlik tahdidlari oldida MRTning huquqiy infratuzilmasini, texnik, kiber va insoniy imkoniyatlarini orttirilib, samaradorligini oshirishga qaratilgan edi. Tashkilot rahbari Hakan Fidanning shaxsiy qarashi va yetakchiligi bu yerda muhim omil sifatida oldinga chiqar ekan albatta Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning siyosiy irodasi va qatʼiyati hal qiluvchi boʻldi. Erdoʻgʻan kuchli Türkiye uchun kuchli razvedka xizmati zarurligini anglab tashladi qadamlarini.

Shu orqali tegishli barcha sohada salohiyati oshirilgan MRT, ayniqsa Iroq va Suriya sohasida PKK va uning kichik qanotlariga qarshi muhim amaliyotlarni amalga oshira boshladi. Tashkilotning rahbar kadrlari yo‘q qilinar ekan, buyruqni nazorat qilish tuzilmasi zaiflatildi. Bu orqali tashkilotning jangovar salohiyatini pasaytirish ko‘zda tutildi va muvaffaqiyatga ham erishildi. 2016 – yildan e’tiboran MRTning tezkor bo‘linmalari Iroq va Suriyada 400 nafardan ortiq tashkilot a’zosini yo‘q qildi. PKK/KJK markaziy ijroiya qo‘mitasi a’zolaridan Diyar Garip kabi, Shengalli kabi Sinjar mas’ullari, tashkilotning muhim shaxslari birin-ketin yo‘q qilinar ekan, ba’zi amaliyotlar Türkiye chegarasidan 275 km chuqurlikda o‘tkazildi. Qurolli Insonsiz havo transportlari samarali qo‘llanilgan ushbu amaliyotlar, sohadagi agentlar tomonidan boshqarilmoqda. Bunga ilova olaroq oxirgi oylarda bir necha tashkilotning ko‘plab unsurlari o‘ldirilmay, tiriklayin qo‘lga tushirilib, Türkiyega olib kelindi. Videolavha yoki fotosuratlari ham bo‘lishilgan ba’zi amaliyotlar natijasida PKK tarkibida jiddiy parchalanishlar kuzatildi. Tashkilot ichida qo‘rquv va vahima muhitini kuchaytirib, tashkilotning parchalanishi va psixologik inqirozni tezlashtiruvchi natija bermoqda.

Oxir oqibat, Türkiye bir tomondan odatiy harbiy amaliyotlarini amalga oshirar ekan, boshqa tomondan o‘z imkoniyatlarini har jihatdan takomillashtirgan va yangi strategik kuchga ega bo‘lgan MRT bilan bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatda amaliyot uyushtirib, milliy xavfsizligiga tahdid solgan unsurlarni bartaraf etmoqda. Dunyoda kamdan – kam davlatning Razvedka tashkiloti erisha oladigan saviyaga ulashgan MRT, global ma’noda yuksalib borayotgan tashkilot sifatida alohida o‘ringa ega. Ayni vaqtda Türkiye uchun ham muhim kuchga aylandi.



Aloqador xabarlar