Yevropa siyosiy hamjamiyati va Yevropa kelajagi

Kun tahlili - 08

1895975
Yevropa siyosiy hamjamiyati va Yevropa kelajagi

Fransiya Prezidenti Makron tomonidan 2021-yil may oyida ilk bor ilgari surilgan Yevropa siyosiy hamjamiyati (AST) loyihasi joriy yilning 6-oktabr kuni Pragada bo‘lib o‘tgan yig‘ilish bilan ilk aniq qadamini tashladi. Ayniqsa BREXIT, pandemiya va Ukraina urushi bilan Yevropa kelajagini shakllanishi haqidagi munozaralar kuchaygandi. Germaniyada Merkel hukmronligining yakun topishi bilan mintaqada, yetakchilik muammosi paydo bo‘lgani haqidagi tahlillar esa keng tus oldi. Shu nuqtai nazardan, Fransiya, Germaniyadan qolgan liderlik o‘rnini ayniqsa siyosiy jihatdan to‘ldirishni ko‘zlagan rejalar tuzdi. Darhaqiqat, Fransiyaning qizg‘in diplomatik sa’y-harakatlari bilan ishga tushgan yangi mexanizm Yevropaning jahon siyosatidagi salmog‘ini oshirish maqsadini o‘rtaga qo‘ydi. Frantsiya Prezidenti Makron uchun ham bu masala juda muhimdek. Shu bois, birinchi navbatda, Yevropa siyosiy hamjamiyati (AST), Makronning Yevropa siyosati va jahon diplomatiyasidagi yetakchilik mavqeini mustahkamlashga urinish sifatida qo‘lga olindi. Bu jihati bilan oxirgi yillarda jahon diplomatiyasidagi ta’siri pasaygan Fransiya bilan bu borada tanqidga uchragan Makron uchun Yevropa siyosiy hamjamiyati (AST) alohida o‘ringa ega.

Yevropa siyosiy hamjamiyatining (AST) Pragadagi birinchi sammiti, Yevropa kelajagini qanday shakllantirish kerak degan savollarga javob berishga urindi. Birinchi navbatdagi masala, albatta, Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan urushidir. Yevropa siyosiy hamjamiyati (AST)  loyihasi, Rossiya yoki boshqa biron bir davlatga yoki muayyan tahdidga nisbatan qat’iy pozitsiyasini o‘rtaga qo‘ymasa - da, u vaqt nuqtai nazaridan Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujum uyushtirishiga yo‘l ochgan ko‘p qirrali inqirozlar bilan qanday kurashish kerakligi jihatidan muhimdir. Chunki Ukraina urushi Yevropaga ko‘p jihatdan muammo yaratdi.

Ulardan birinchisi energiya inqirozidir. Umuman olganda, Yevropa energiya jihatidan Rossiyaga qaram. Yevropaning yillik tabiiy gaz isteʼmoli 500 milliard m3 ga yaqin boʻlib, deyarli uning yarmi Rossiyadan taʼminlanadi. Biroq urush tufayli Yevropa bilan Rossiya o‘rtasida davom etayotgan kelishmovchiliklar, “Shimoliy oqim-1” quvuri liniyasi hajmining kamaytirilishi, “Shimoliy oqim-2” loyihasining AQShning e’tirozi tufayli faollasha olmasligi va Rossiyaga nisbatan yoʻlga qoʻyilgan iqtisodiy va siyosiy sanksiyalar gaz narxining oshishiga sabab boʻldi. Garchi bu holat Yevropa e’tiborini muqobil gaz manbalariga qaratsa – da, Yevropa 2023-yili jiddiy ravishda energiya borasida inqiroziga duch keladi. Gaz ta’minoti, gazni saqlash va koʻtarilgan narxlar asosida yuzaga kelgan buyuk muammolar Yevropani energiya masalasida chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozga yetaklaydi. Shu sababdan Yevropa energiya inqiroziga yechim topishi zarur.

Boshqa tomondan, Ukraina urushi Yevropa xavfsizlik arxitekturasi uchun ham yangi muammo tugdirdi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishga urinishi Yevropa tomonidan Sovuq urushdan keyin paydo boʻlgan statuskvoning buzilishiga qaratilgan tashabbus sifatida baholanmoqda. NATOdagi siyosatning oʻzgarishi Yevropaning Rossiya oldidagi xavfsizligini mustahkamlash harakati sifatida amalga oshirilgan boʻlsa-da, urush tufayli yuzaga kelgan noaniqliklar va xavflar Yevropa xavfsizligi bilan bogʻliq tashvishlarni yanada kuchaytirdi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bilan o‘ziga yangi yo‘nalish belgilagani Yevropa xavfsizlik arxitekturasini qayta ishlab chiqish zaruratini tug‘dirmoqda. Shu bois, Yevropa siyosiy hamjamiyati ATS, Yevropani yanada kuchliroq ushlab turishga qaratilgan qadam sifatida koʻrilmoqda. Biroq, Yevropa siyosiy hamjamiyati, Yevropaning xavfsizlik arxitekturasi uchun yangi arxitektura joriy qildi, deyish juda qiyin. Aslida, Yevropa siyosiy hamjamiyati, Yevropa ittifoqiga muqobil sifatida koʻrilmaydi. Amalga oshirilgan ishlar faqatgina inqiroz davrida “birgamiz” degan imidjni mustahkamlashdan iborat.

Yevropa siyosiy hamjamiyatini, Makronning yangi yirik loyihasi sifatida tanqid qilayotganlar ham bor. Bu tanqidlar ba’zi nuqtalarda oʻrinli koʻrinadi ammo hozirgi ehtiyojlar Yevropa ittifoqi chegaralaridan tashqarida strategiya ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, Yevropa ittifoqiga a’zo boʻlmagan ammo mavjud konyunkturada nomi koʻproq eshitilgan aktyorlarning Yevropa siyosiy hamjamiyati tarkibiga kirishi judayam mühimdir. Bu ishtiroklar Yevropa ittifoqini Rossiya tomonidan yaratilgan muammolar oldida yana-da kuchli qilishi mumkin.

Yevropa siyosiy hamjamiyati, strategik fikr almashish va kelasi davrda siyosatni ishlab chiqish masalalarida kontinental miqyosda faoliyat yuritadigan platforma boʻlish imkoniyatiga egadir. Ammo, bu platforma qisqa muddatda Yevropaning haqiqiy muammolariga yechim topa olmaydigandek.

Professor doktor Murat Yeshiltash

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Xavfsizlik masalalari ustidan ilmiy ishlar yuritgan bo‘lim rahbari.



Aloqador xabarlar