Rossiya Ukraina urushida mag‘lubiyatga uchramoqda

Kun tahlili - 56

1880827
Rossiya Ukraina urushida mag‘lubiyatga uchramoqda

Putinning fevral oyida Ukrainaga qarshi boshlatgan urush bugungi kunga kelib butunlay fiaskoga uchragan vaziyatda. Rossiya, Kiyevni chaqmoqdek bir necha kunda olib, Zelenskiy hukumronligini qulatib, Ukrainani o‘z tuprog‘iga qo‘shib olishni ko‘zlagandi. Lekin rus urushi sakkizinchi oyda botqoqqa botar ekan avvalom bor Kiyev, Chernigov va Sumidan endi esa Xarkovdan butunlay ortga tisarilishga majbur bo‘ldi. Hozirgi bosqichda harbiy momentum Ukraina armiyasi foydasiga bo‘lsa-da, Rossiya uchun faqatgina ikkita yo‘l qoldi. Ulardan biriga ko‘ra Rossiya yo Ukrainani tark etadi yoki to‘liq harbiy kuchidan foydalanib, Ulrainani bosib olishga urinadi.

Rossiya bir necha kun ichida Xarkovda 4 oyda qo‘lga kiritgan hududlarning hammasini qo‘ldan boy berdi. Ukraina armiyasi kutilmaganda rus armiyasiga qarshi hujum boshlatib, qisqa vaqt ichida oldi tomondagi mudofaa hududlaridan o‘tib, strategik sohalarni qutqardi. Zelenskiy bergan bayonotga ko‘ra, Ukraina taxminan 6 ming kvadrat kilometrlik maydonni ruslardan qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiyaning judayam ko‘p transport vositalari bilan harbiy yo‘qotishlari e’tiborni o‘ziga jalp etmoqda. Bu vaziyat Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotlaridan farqli olaroq, chekinishlar rejalashtirilgan emas balki, Xarkovda qayd etilgan og‘ir mag‘lubiyatning namoyishi sifatida baholanmoqda. Rossiya uchun Ukraina urushi birinchi kunlardan beri yaxshi ilgarilamadi. Oxirgi yo‘qotishlar esa urush tabiatining ham o‘zgargani va bundan buyon o‘zini himoya qilayotgan tomon Ukraina emas, balki rus armiyasi ekanini bizga yaqqol ko‘rsatmoqda.

Oxir-oqibat, Rossiya Davlat rahbari Putin, Ukrainaga bostirib kirib yurti uchun katta qimor o‘ynadi va yutqazdi. Putin Rossiya armiyasiga “chaqmoqdek amaliyot yurtish”ni buyurar ekan Kiyevning qisqa vaqtda bosib olinishi, Zelenskiy yetakchilik qilgan hukmronlikni to‘ntarishi va buyruqni boshqarish tuzilmasini tarqatib, Ukraina armiyasi ham oyoq tirashdan voz kechadi degan taxminlar asosida harakat qildi. Ammo urushning boshidayoq Rossiya armiyasining chaqmoqdek amaliyoti muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Kiyevni qo‘lga kiritish uchun maxsus topshiriqli kuchlar amaliyoti kabi uyushtirilgan harbiy tashabbus, Ukraina armiyasining qarshi harakatlari natijasida samarasiz bo‘ldi. Keyinchalik bosqinga aylangan Rossiya harakati noto‘g‘ri rejalar, buyruqni boshqarish va yetarli bo‘lmagan logistik/ ta’minot tufayli og‘ir va oqsoq tus oldi. Ayniqsa Kiyev, Chernigov va Sumidagi katta yo‘qotishlar bilan bu hududlardan chekinishga majbur bo‘ldi. Bu yerda ayniqsa Türkiyening TB2 Qurolli Insonsiz havo transportlari va Gʻarbda tankga qarshi ishlab chiqarilgan qurol va Manpadlar ham buyuk rol o‘ynadi. Keyin ruslar janubiy va sharqiy jabhalarga e’tibor qaratib, bir necha oy davom etgan jang va katta yo‘qotishlardan so‘ng qisman muvaffaqiyatga erishdi. U, Xerson va Donbasda muvaffaqiyatga erishdi, ammo keyingi oylarda nomi tilga olingan hududlardagi jadallik susaydi va Ukraina armiyasi bosqichma-bosqich avval muvozanatni, keyin esa ustunlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yerda Rossiyaning Ukraina oldida havo ustunligini ta’minlay olmagani, g‘arbdan xususan, HIMARSlar va albatta rus askarlarining ma’naviy motivatsiyaning kamligi, urush borishida hal qiluvchi rol o‘ynagandek.

Vayronagarchilik urushiga ham aylangan Ukraina urushida, G‘arb davlatlari, xususan, AQSh Ukraina armiyasini yangi qurol va o‘q-dorilar bilan tinimsiz qo‘llab-quvvatladi. Rossiya Mudofaa sanoati esa tez va yetarli ishlab chiqarish qayd etolmadi. Buning, Qurol tizimlaridagi G‘arbga bo‘lgan qaramlilikni orttirib, rus armiyasini qiyin ahvolga qo‘ygani o‘rtada.

Shu bois Ukraina urushi hozirgi sharoitda ruslar uchun yaxshi kechayotgani yo‘q. Xarkovdagi mag‘lubiyat esa vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Ukraina armiyasi foydasiga o‘sayotgan jadallik, Putinga ikkita yo‘l sunayotgandek. Unga ko‘ra yo asta-sekin bosqinchi kuchlarniyo‘ldan qaytaradi yoki to‘liq safarbarlik e’lon etib, Ukrainani bosib olishga urinadi. Ammo ikkala yo‘lning yoki amaliyotning ham o‘ziga yarasha xavfi va noaniqliklari bor. 

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Tashqi siyosat bo‘yicha ish olib borgan vakili Jan Ajunning, “Rossiya Ukraina urushida mag‘lubiyatga uchramoqda”.-deb nomlangan maruzasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar