Türkiye - Gretsiya munosabatlarida S-300 tarangligi

Kun tahlili - 55

1877664
Türkiye - Gretsiya munosabatlarida S-300 tarangligi

Türkiye-Gretsiya munosabatlari o‘z ichiga qamrab olgan ko‘plab muammolar bilan bazan past, bazan baland taranglik davrini boshdan kechirmoqda. Bu taranglik, asosan, Gretsiya tomonining maksimalist siyosatlari va ig‘vogar tusdagi munosabatlariga tayanmoqda. Türkiye, nomi tilga olingan siyosatlarni qabul qilmaganini diplomatik yo‘llar va harbiy soha orqali ko‘rsatmoqda. Ig‘vogarchiliklarga qarshi esa bir xil yoki undan ham battar og‘ir javob qaytarmoqda. O‘zaro bayonotlar bir qarashda judayam keskindek ko‘rinsa-da, inqiroz ortida ham tarixiy, ham geosiyosiy kelishmovchiliklar mavjud. Munosabatlar bir muddat tarang bo‘lishiga qaramay uning yana-da avj olmasligi uchun chora ko‘rilgandi lekin Gretsiyaning 23-avgust kuni Türkiyening harbiy uchoqlari signallarini bloklashi oqibatida ikki davlat o‘rtasidagi inqiroz yangi tus oldi.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Xavfsizlik masalalari ustidanilmiy ishlar yuritgan bo‘lim rahbari professor doktor Murat Yeshiltashning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

“Nima uchun S-300?”-degan savolga javob izlash kerak bo‘lsa unda bir necha xususning oldinga chiqqaniga guvoh bo‘ladi inson. Ulardan biri, har ikki davlat ham saylov jarayoniga kirdi. Tez orada Gretsiyada muddatidan oldin saylov o‘tkaziladi. U yaqinlashar ekan Türkiye Gretsiya ichki siyosatining eng muhim kun tartibiga aylanmoqda. Kelasi, 2023-yili esa Türkiyeda saylov uyushtiriladi. Garchi, Gretsiya Türkiyedagi saylovlar uchun unchalik muhim bo‘lmasa-da mavjud taranglik saylovlarda muhim muhokama mavzusiga aylanishi mumkin. Ikkinchi sabab esa, Gretsiya bilan Türkiye o‘rtasidagi harbiy kuch tafovuti va farqining oxirgi yillarda Gretsiyaga qarshi ochilgan bo‘lishidir. Gretsiya Türkiyening mudofaa sanoatida erishgan muhim yutuqlari oldida uzoq vaqtdan beri o‘zini noqulay his qilmoqda. Türkiyening bu salohiyati bilan sohada muhim afzalliklarga erishishi, Gretsiyaning esa bunga javob berishda yetarsiz va kech qolishi, o‘zlari uchun muhim kamchilik sifatida baholanmoqda. Türkiyening, ayniqsa, Insonsiz havo transportlari texnologiyasi sohasida erishgan muvaffaqiyati Gretsiyani bezovta qilmoqda.

Gretsiyaning asl maqsadi Türkiyeni mavjud mojarolar tufayli provakatsiya qilib, Yevropani o‘z tomoniga tortishdir. Bu nuqtada Türkiyening Gretsiya ig‘vogarchiliklariga og‘ir javob qaytarishi kutilmoqda va bu munosabatni Yevropaga tashib borib, Türkiyega qarshi bayonotlar berilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu yondashuv uzoq vaqtdan beri Gretsiyaning Türkiyega nisbatan tashqi siyosatining asosiy qismi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, Ukraina urushi bilan birga Türkiyening geosiyosiy ahamiyati orttayotganidan Afina yetakchiligining bezovta ekani kuzatilmoqda. Türkiye tomonidan Yaqin Sharqda olib borilgan yangi normallashuv siyosati ham Afinani bezovta qildi. Chunki Türkiyening Yaqin Sharq davlatlari bilan tarang munosabatda bo‘lishi Afinani tinchlantirar ekan ayni vaqtda O‘rta yer dengizi gazi masalasida Türkiyening chetlatilishiga yo‘l ochgandi. Lekin Türkiyening normallashuv siyosati bilan birga bu jarayonni o‘zgartirishi Afinani takror Türkiyega qarshi pozitsiyaga turtdi. Boshqa tomondan Gretsiya Türkiyening kuchayib borayotgan harbiy qudratini bahona qilib ham Egey orollarini qurollantirishga harakat qilmoqda, ham da Fransiya va AQSh kabi davlatlar bilan qurollanish sohasida shartnomalar imzolab, qurolga sarflagan pulni  qonuniylashtirmoqda. Bu holat ham ichki siyosatda qarzga botgan hukumatning qo o‘lini mustahkamlamoqda, ham da AQSh, Fransiya kabi davlatlarni osonlik bilan ishontirishga yordam bermoqda.

Boshqa bir sabab esa Gretsiyaning Türkiyening Sharqiy O‘rtayer dengizidagi tabiiy gaz qidirish ishlaridan bezovta bo‘lishidir. “Abdulhamit Xon” deb nomlangan kemasi bilan energiya qidiruvida yetakchi davlatlardan biriga aylangan Türkiye, Afina uchun yaxshi xodisa emas. Shu bois ham Afina taranglikni kuchaytirib Türkiyeni tabiiy gaz qidirish masalasida ham yolg‘iz qoldirish payida. Hatto hozirning o‘zida ham Gretsiya lobbisi bor kuchini shu masalaga jamlagan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

S-300 tarangligi bundan buyon ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskin davrga kirishini ko‘rsatmoqda. Aslini olganda, Prezident Erdo‘g‘anning S-300 bilan bog‘liq o‘ta keskin bayonoti shunga ishora qilmoqda. Albatta, hozircha Gretsiya bilan Türkiye o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yoki urush bo‘lish ehtimoli yo‘qdek. Ammo Gretsiyaning keskinlikni kuchaytirish yo‘li o‘zgarib, Türkiyening bunga javobi keskinlashsa unda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar siyosiy va diplomatik taranglik chegarasidan chiqib ketishi mumkin.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Xavfsizlik masalasi ustidanilmiy ishlar yuritgan bo‘lim rahbari professor doktor Murat Yeshiltashning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar