Iroqda ichki urush xavfi va Sadrning yangi oʻyin rejasi

Kun tahlili-53

1874958
Iroqda ichki urush xavfi va Sadrning yangi oʻyin rejasi

Iroqda 2021-yilning 10-oktabrida boʻlib oʻtgan saylovlardan keyin nimagadir hammasi oʻz yoʻliga tushib ketolmadi. Ayniqsa, saylovlarda qattiq mag‘lubiyatga uchragan “Hashd ash-Shabi” guruhiga aloqador turli kuchlar, qoʻllaridagi quroldan foydalangan holda siyosiy natijalar olish payiga tushdi. Eronni qoʻllab qadam tashlagan bu unsurlarga qarshi esa Iroqda koʻplab tarafdorlarga ega, “Muqtada as Sadr” boshchiligidagi “Iroq milliyatchiligi” harakatga oʻtdi. Bir necha oydan beri yangi hukumat tuzilmagan mamlakatda Eron tarafdori guruhlar bilan Sadr va uning ittifoqchilari oʻrtasidagi kuch kurashi koʻchalarga ham toshib, toʻqnashuvlarga aylanar ekan, Sadr kutilmagan bir hamla bilan siyosatdan ketganini eʼlon qildi.

Iroqda 2021-yilning 10-oktabrida boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumiy saylov natijalariga koʻra, shia yetakchisi Muqtada as-Sadrga qarashli Sadr guruhi 73 oʻrinni qoʻlga kiritib, savlovda gʻalaba qozondi. Bu natija Sadr uchun katta g‘alaba edi. Sadr guruhining aksiga, Eron tarafdori guruhlar esa “Fath ittifoqi” bosh boʻlish bilan birga katta magʻlubiyatga uchradilar. Sobiq parlament raisi Muhammad Halbusining “Takaddum partiyasi” ikkinchi, sobiq bosh vazir Nuri Malikiyning “Qonun davlati” koalitsiyasi esa uchinchi partiya boʻldi. “Qonun davlati” koalitsiyasi 34 oʻrinni qoʻlga kiritib, Kurdiston Yurtsevarlar Birligi va Goran kabi raqiblari oldida yana katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu natijalardan keyin Sadr, sunniylar va “Qonun davlati” koalitsiyasi bilan bir ittifoq yaratib, yangi hukumat tuzmoqchi boʻldi ammo bu harakat, ayniqsa, Eronning aralashuvi bilan muvaffaqiyatli boʻlolmadi. Shundan soʻng Sadr yangi hamla bilan, oʻziga qarashli vakillarni iste’foga chiqardi va Majlisning tarqatilib, takror saylov oʻtkazishi uchun turli hamlalar sinab koʻrdi. Eronga yaqin guruhlar esa Muvofiqlashtiruvchi doira nomi ostida toʻplanib, Sadrning harakatlariga qarshi qadam tashladi. Sadr bu siyosiy oʻyinida koʻpchilikni tez-tez safarbar qilar ekan, oxirgi kunlarda esa oʻziga qarashli “Seraya as-Salom” guruhini ham maydonga tushirdi va “Hashdi Shabi” tuzilmalari bilan Bagʻdod va Basra kabi koʻplab mintaqalarda toʻqnashuvlar sodir boʻldi. Oxir oqibat, shialar oʻrtasidagi yuz bergan hokimiyat kurashi toʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvlarga ham aylandi. Voqealarda koʻplab kishi halok bolar ekan Sadr takror hammani hayratga solib, barcha tarafdorlarini ortga tisarilishga chaqirdi. Sadr bir kun avval yana siyosatni tark etgani haqida bayonot bergan edi. Iroqlik populist liderning tez-tez foydalangan ritorika harakatlari orasida bir tafovut borga oʻxshaydi.

Shia imomi va siyosiy lider Muqtada as-Sadr ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, “Siyosiy ishlarni tashlaganimni va siyosatdan butunlay ketganimni e’lon qilyapman. Otamning qabri, tarixiy obidalar va Sadr oilasi muzeyidan tashqari hamma muassasalarni yopish haqida qaror qildim”.-degan ifodalarga oʻrin berdi. Sadr oʻz bayonotida shuningdek, Eronda istiqomat qilgan va kechagina ma’muriy vazifasidan ketganini e’lon qilgan iroqlik shia diniy yetakchilaridan Oyatulloh Kozim al-Hayriyni ham tanqid qilar ekan ayni vaqtda, uning iste’foga chiqish haqidagi qarorini oʻz xohishi bilan olmaganini ifoda etdi. Najaflik shialar jihatidan alohida oʻringa ega boʻlgan al-Hayriyning ma’muriy vazifasini tark etib, Eron tarafdoridek bayonotlar berishi Sadrga qarshi hamla qilishga majbur qilganga oʻxshaydi. Va nihoyat, oxirgi hamlasi bilan oʻzini yangi lider sifatida e’lon qilishi mumkun va Eronning oʻz taraftorlaidan foydalanishiga monelik qilish ehtimoli ham bor. Oxir oqibat, Sadr ittifoqchilari Iroq milliyatchiligi nomidan qadam tashlar ekan, Eron tarafdori guruhlarga qarshi kurash olib borishni davom etmoqda. 

Jan AJUN

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Tashqi siyosat bo‘yicha ish olib borgan vakili.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Iroq , #saylov

Aloqador xabarlar