Kun tahlili 51- qism

Prezident Erdo’g'anning Sochi sammitidan keyin bergan bayonotlari va Tashqi ishlar vaziri Chavusho'g'lining Suriyada yechim yo'lida muxoliflar va Asad rejimi bilan murosa qilishimiz kerak degan bayonotlari kun tartibida muhim o’rin egaladi.

1869997
Kun tahlili  51- qism

 

Asad rejimi bilan yarashish mumkinmi?

Prezident Erdo’g'anning Sochi sammitidan keyin bergan bayonotlari va Tashqi ishlar vaziri Chavusho'g'lining Suriyada yechim yo'lida muxoliflar va Asad rejimi bilan murosa qilishimiz kerak degan bayonotlari kun tartibida muhim o’rin egaladi. Turkiya Suriyadagi pozitsiyasini o'zgartiradimi yoki yo'qmi degan savollarni kun tartibiga keltirdi.  Suriya haqiqatida Asad rejimini qonuniy kuch sifatida ko'rish va uni normallashtirish haqiqatdan ham mumkinmi? Bunday qadam Turkiya va Suriyaliklar manfaatiga xizmat qiladimi?

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohazasini  etamiz...

Turkiya PKK/YPG nazorati ostiga olgan Tel-Rifat va Manbij kabi hududlarda oxirgi oylarda terrorizmga qarshi kurash doirasida katta harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko'rar ekan, Rossiya va Erondan muqobil takliflarga duch keldi. Ostona jarayonidagi boshqa kafil davlatlar. Ayniqsa Erdog'an va Putin o'rtasida Sochida bo'lib o'tgan sammitdan keyin Erdo'g'an, Putinning o'ziga Asad rejimi bilan hamkorlik qilib PKK/YPGni mintaqadan tozalash taklifini berganligini bildirdi. Biroq, ommaviy axborot vositalari ko'p ko'rishni istamagan boshqa bir bayonotida, razvedka idoralarining uzoq vaqtdan beri yig'ilishganini, ammo terrorizmga qarshi kurashda hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaganini ham oshkor qildi. Erdog’andan so’ng Turkiya Suriyadagi pozitsiyasini o’zgartiryaptimi degan savol Chavusho’g’lining barqaror tinchlik va mamlakat bo’linib ketmasligi uchun Asad rejimini muxolifat bilan yarashtirishimiz kerak degan bayonotlari bilan kun tartibiga chiqdi. Hatto Suriyada Turkiya ta’siri ostidagi hududlarda ham ayrim namoyishlar bo’lib o’tdi. Biroq Turkiya Tashqi ishlar vazirligi vaziyatga oydinlik kiritib, BMTning 2254-sonli qarorlari va Ostona jarayonida Turkiyaning pozitsiyasida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganiga, Suriya inqilobi va inqilobiy kuchlariga berilgan qo‘llab-quvvatlashning davom etganiga urg‘u berdi.

Haqiqatan ham bo'rttirilgan yondashuvlarni bir chetga qo'ygan Turkiya, Suriyada juda uzoq vaqtdan beri siyosiy yechim zarurligiga e'tibor qaratgan va bu doirada Ostonadagi siyosiy muzokaralar va yangi konstitutsiya ishlab chiqish jarayonini oxirigacha qo'llab-quvvatlagan. Biroq bu yerdagi jarayonda asosiy bloklovchi omil hamisha Rejim va uni qo‘llab-quvvatlovchi Rossiya-Eron juftligi bo‘lib kelgan. Ular asosan harbiy yechim izladilar va Turkiya Idlibdagi “Bahor qalqoni” operatsiyasi bilan javob berdi. Rejim va uning ittifoqchilari shu paytgacha yon berishga, yangi konstitutsiya qurishga va muxolifat boshqaruvga integratsiya qilinadigan yangi platformaga tayyor emasliklarini ko’rsatdi. Agar ular bu pozitsiyadan chekinib, yechimga tayyor bo'ladigan bo'lsa, bu Turkiya va muxolifat uzoq vaqtdan beri orzu qilgan pozitsiyadir.

Biroq, Asad rejimining siyosiy yechim jarayoniga nisbatan murosasiz munosabati davom etsa, uni qonuniy aktyor sifatida ko'rish va munosabatlarni normallashtirish noto'g'ri pozitsiya bo'ladi. Turkiyaning ham buni qilish niyati yo‘q deb o‘ylayman.

Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr va mulohazasini etdik 


Tanlangan kalimalar: #Muloqot , #Muammolar , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar