Kun tahlili 49- qism

Erdo‘g‘on Nobel Tinchlik mukofotini don bitimi bilan olishi kerak

1864247
Kun tahlili 49- qism

 

Erdo‘g‘on Nobel Tinchlik mukofotini don bitimi bilan olishi kerak

Prezident Erdo’g’anning doimiy sa’y-harakatlari va Ukraina va Rossiyaga bo’lgan ishonchi tufayli Turkiya, Rossiya, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o’rtasida 22-iyul, juma kuni Istanbulda “Don yo’lagi kelishuvi” imzolandi. Turkiya mezbonligida imzolangan Don koridori shartnomasi tufayli Global oziq-ovqat xavfsizligi sohasida  muhim qadam tashlandi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohazasimi  taqdim etamiz...

2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishga urinishidan keyin Ukrainaning Qora dengiz portlaridagi ko‘plab yuk kemalari chiqa olmadi. Rossiya Ukraina portlarini, xususan, Odessa shahrini qamal qilgan bir paytda, global oziq-ovqat xavfsizligi ham katta xavf ostida qoldi. Ukraina portlarida kutayotgan millionlab tonna don eksport yo'llari yopildi. Bu holat mahsulotlarga kirishni cheklab qo'ygan bo'lsa-da, oziq-ovqat tovarlari narxlarining tez o'sishiga va ayniqsa, qashshoq mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita tahdid solmoqda.

Bu doirada Turkiya Prezidenti Erdo’g'an uzoq vaqtdan beri qat'iy diplomatik harakatini davom ettirdi va Ukraina va Rossiyani Turkiya homiyligida birlashtirib, g'alla koridorini shakllantirish uchun kurashdi. Oxir oqibat, bu tushunishga olib keldi.

22-iyul kuni Istanbulda Prezident Rajap Tayyip Erdog'an va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterresh ishtirokidagi marosim bilan Ukraina portlarida tiqilib qolgan donlarni Ukraina portlaridan don va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz jo'natish tashabbusi haqidagi imzolar imzolandi.  Bu kelishuvga ko‘ra, bir necha oylardan beri yopilgan Odessa portidan birinchi kema jo‘nab ketar ekan, g‘alla jo‘natishlari Istanbuldagi Mushtarak muvofiqlashtirish markazi va Turkiyaning tegishli idoralari nazorati ostida davom etadi.

Urushdan oldin Ukrainadan yiliga 50 million tonnaga yaqin don, arpa, kungaboqar, makkajo'xori va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinardi. Kelishuv bilan oziq-ovqat mahsulotlarining global narxlarida keskin pasayish allaqachon boshlangan. Shunday qilib, yuz millionlab odamlar oziq-ovqatdan xavfsizroq va arzonroq foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Bu kelishuv Turkiya va Prezident Erdo’g’an uchun katta diplomatik va siyosiy g’alaba bo’lsada, insoniyat uchun ham katta yutuq sifatidadir. Prezident Erdo'g'an bu sa'y-harakatlari uchun Nobel Tinchlik mukofotini olishi kerak. 

Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr va mulohozasini taqdim etdi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #BMT , #Eksport , #Don , #Ukraina , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar