Kun tahlili 42- qism

Orollarni qurollantirish masalasi kun tartibidagi asosiy masalaga aylanganining yagona sababi yo'q, jarayon asta-sekin rivojlandi.

1844583
Kun tahlili 42- qism

 

Turkiya-Gretsiya tarangligi

Prezident Erdo’g’anning o’tgan hafta bo’lib o’tgan “Efes 2022” mashg’ulotlari chog’ida bergan  bayonotlari va harbiy bo’lmagan maqomga ega orollarni qurollantirishni to’xtatish uchun Gretsiyaga taklif etishi mavzuning Turkiya uchun muhim ko’rib chiqilishi va aniqroq bir pozitsiya qabul qilinishiga ishoradir. Bu jarayon nafaqat Turkiya-Yunon munosabatlarida yangi keskinlikka ishora qiladi, balki burilish nuqtasini ham tashkil qiladi.

SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeshiltashning bu boradagi fikr- mulohazasini taqdim etamiz...

 Orollarni qurollantirish masalasi kun tartibidagi asosiy masalaga aylanganining yagona sababi yo'q, jarayon asta-sekin rivojlandi. Yunonistonning Egeydagi qonunga xilof munosabatlari va maksimalist siyosatini Sharqiy O'rtayer dengiziga olib o'tishni xohlashi aslida jarayonni  tezlashtirdi. Konyunkturadan foydalanib, Afinaning Turkiyaga qarshi keng jabhada harakat qilib, Sharqiy O’rtayer dengizidagi yangi harakatlari Anqaradan aniq javob oldi va 2020-yildagi keskinlik natijasida Gretsiya bir qadam orqaga chekinishga majbur bo’ldi. Bu jarayonda Turkiya esa Sharqiy O'rta yer dengizida boshlangan orollarning harbiy bo'lmagan maqomining buzilishiga urg'u bergan NAVTEXT xabarlarini Egey dengiziga olib bordi va bu mavzuni diplomatik darajada birinchi o'ringa olib chiqa boshladi.

Muammoning qizishi va asosiy kun tartibiga aylanishida ikki omil  ta’sirli  bo‘ldi. Ulardan birinchisi, Gretsiyaning oxirgi paytlarda qilgan agressiv qadamlaridir. Darhaqiqat, bir tomondan Gretsiya Fransiya bilan mudofaa shartnomasi tuzdi va AQSh bilan harbiy kelishuvni muddatsiz qildi va AQShga juda ko'p sonli harbiy bazalar ajratdi. Boshqa tomondan, tajovuzkor va haddan tashqari qurollanish siyosati olib bordi va orollarning noharbiy maqomining buzilishini davom ettirish va qonuniylashtirish uchun bu orollarni NATO mashg'ulotlariga va boshqa davlatlar bilan mashg'ulotlarga kiritishga harakat qildi. Bu qadamlar qo’yilayotganda Turkiya bilan siyosiy va maslahat muzokaralari davom etdi, ammo Mitsotakisning Turkiyaga qarshi qadamlarini siyosiy jihatdan yashirishdan tortinmagani, ta’bir joiz bo’lsa sabr kosasini toshirdi.

Ikkinchi omil Turkiyaning diplomatik va harbiy faolligini oshirish bilan bog'liq. So'nggi yillarda turli jabhalarda bir vaqtning o'zida jiddiy muammolarga duch kelgan Turkiya bu qiyinchiliklarga samarali javob berdi va muhim yutuqlarga erishdi. Ukraina inqirozi chog'ida o'zining noyob harakatlari bilan Anqaraning manevr maydoni kengaydi.

Bu doirada Gretsiyaning so'nggi harakatlaridan natija olish imkoniyati Turkiya uchun yangi muammolar  poyda bo’lish xavfini tug'dirmoqda. Shu sababli, orollarning noharbiy maqomini saqlab qolish faol va samarali harakat sifatida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy kun tartibiga aylangan ko'rinadi.

Turkiya-Gretsiya tarangligidan harbiy to'qnashuv yoki urush ssenariyini yaratishga hali erta ko'rinadi. Biroq, Turkiyaning Gretsiyaning Egey dengizi va boshqa hududlarda, ayniqsa orollarni qurollantirish borasida olib borgan yoki tashlaydigan noqonuniy qadamlariga nisbatan bir xil sabr ko'rsatmasligi aniq. Shu nuqtai nazardan, Turkiyaning bu noqonuniy qadamlariga qarshi diplomatik, siyosiy va harbiy bosimini oshirishi ko'rinmoqda. Voqealar rivoji, asosan, Gretsiyaning bundan buyon tashlaydigan qadamlari bilan shakllanadi.

SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeshiltashning bu boradagi fikr- mulohazasini taqdim etdik.

 



Aloqador xabarlar