Kun tahlili 41- qism

Prezident Erdo‘g‘anning Turkiya chegara chizig‘idagi terror tahdidini bartaraf etish uchun Tel Rifat va Manbijdagi PKK/YPG unsurlarini tozalaymiz degan bayonotidan so’ng Suriya maydonida katta hayajonga sabab bo‘ldi.

1841372
Kun tahlili 41- qism

Yangi harakat

Prezident Erdo‘g‘anning Turkiya chegara chizig‘idagi terror tahdidini bartaraf etish uchun Tel Rifat va Manbijdagi PKK/YPG unsurlarini tozalaymiz degan bayonotidan so’ng Suriya maydonida katta hayajonga sabab bo‘ldi. tayyorgarlik koʻrdi va ushbu hududlarga qarshi keng qamrovli faoliyatlar olib bordi. Harbiy harakatlar kutilmoqda. Ukraina inqirozi yaratgan yangi geosiyosiy tenglamaning Suriyaga ta'siri ko'rina boshladi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohazasini  e’tiboringizga taqdim etamiz...

 Prezident Erdog’anning aniq bayonotlaridan so’ng r' ko’zlar Suriya maydoniga qaratilar ekan, Turk Qurolli kuchlari va Suriya Milliy armiyasi zarur harbiy tayyorgarlikni ko’rib , Tel Rifat va Manbij mintaqalarida PKK/YPG unsurlarini nishonga olish uchun kutishga kirishdi. PKK/YPG terror tashkiloti 2016-yilda Rossiyaning havo yordami bilan Tel-Rifatni qoʻlga kiritib, aholisini yakkalab qoʻygan boʻlsa, PKK/YPG unsurlari AQShning havo koʻmagida DEAShga qarshi kurash niqobi ostida Manbijni qoʻlga kiritib, har ikki mintaqada hukmronlik oʻrnatdi. yoshlarni va bolalarni bu yerga majburan jalb qilib   arab va turkmanlarni deportatsiya qilish orqali demografik muhandislik qilishga uringan.

Yana terror tashkiloti PKK/YPGning Azez, Afrin, Bab va Jarablus kabi shaharlarga qarshi terror harakatlarini uyushtirish uchun har ikki hududdan tayanch hudud sifatida foydalangani ko'rinmoqda. Turkiya milliy xavfsizlikni ta'minlash va Suriyadagi mintaqalarning barqarorligi va xavfsizligini ta'minlash uchun terror unsurlarini bu hududlardan tozalashni maqsad qilgan.

 Nihoyat Tel Rifat va Manbijdagi PKK unsurlari Rossiya va Rejim himoyasida ekan, Ukraina inqirozi yaratgan yangi geo-siyosiy tenglama Turkiyaga harakatga kirishishi uchun jiddiy manevr maydonlarini taklif qilmoqda. Turkiya Rossiya bilan diplomatik muzokaralar olib borish orqali jarayonni boshqarib, Rossiyaning bu hududlardan chiqib ketishini ta'minlashga harakat qilmoqda. Tegishli muzokaralardan so'ng TQK va Suriya Milliy armiyasining jiddiy qarshilik ko'rsatmasdan chora ko'rishini va terror tashkilotini bu hududlardan tozalashini taxmin qilishimiz mumkin.

 Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohazasini e’tiboringizga  taqdim etdik.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Operatsiya , #Qo'shin , #Turkiya

Aloqador xabarlar