Kun tahlili- 37qism

Turkiyada PKKga qarshi so'nggi nuqtaga olib kelingan tozalash amaliyotlari davom etmoqda

1826076
Kun tahlili- 37qism

 

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi

Bahor va yoz fasllarining kelishi bilan mavsumiy sharoitlarning  komill bo’lishi  bilan   Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashida yangi  bir sur'at olib keladi. Iroqning shimolida Panja –qulf  operatsiyasi davom etar ekan, tashkilot a'zolari Suriyadagi aloqa liniyalari nishonga olinmoqda. Turkiyada PKKga qarshi so'nggi nuqtaga olib kelingan tozalash amaliyotlari davom etmoqda

Ag’rida 11 nafar PKK a’zosining  yo’q qilinishi  tashkilotning Turkiyada ushlab turadigan infratuzilmasi yo’qligini ko’rsatishi bilan ahamiyatlidir.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr va mulohazasini taqdim etamiz...

 Turkiyaning PKK terrorizmiga qarshi kurashdagi qat’iyati oxirgi yillarda ortib borayotgan bo’lsa-da, yangi xavfsizlik doktrinasi asosida davom etayotgan harbiy amaliyotlar jiddiy natijalar bera boshlagan ko’rinadi. Qishloq va tog'li hududlarda, ayniqsa Turkiyada joylashgan va terrorchilik faoliyatini amalga oshirgan tashkilotning infratuzilmasi katta darajada yo'q qilindi. Turkiyada qolgan terror tashkiloti a'zolari sonining yuz nafardan pastga tushgani taxmin qilinmoqda. Nihoyat, Ag’ri  tog’ida 11 nafar terroristning yo’q qilinishi  PKK a’zolarining harakat va logistika imkoniyatlari va imkoniyatlari  umuman bartaraf etilganiga ishoradir.

Bahor faslining kelishi bilan mavsumiy sharoitlarning komillashishi  Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga yangi  bir kuch qo‘shdi. Iroqdagi Panja –qulf  amaliyoti tashkilotni Avashin-Basyan va Zap chizig'ida nishonga olgan bo'lsa, Turk Qurolli Kuchlari bu mintaqadagi hududdagi hukmronligini oshirdi. Xuddi shunday, Iroqning boshqa hududlarida terror tashkilotiga qarshi SİHA amaliyotlari davom etar ekan, KRGga aloqador Peshmerga Turkiya bilan hamohanglikda PKKni tor maydonlarga surmoqda. Bunga parallel ravishda markaziy hukumatga aloqador Iroq armiyasi Sinjardagi PKKga aloqador YBSH unsurlariga bosim o'tkazib, mintaqani tark etishlarini ta'minlashga harakat qilmoqda.

Turkiyaning Suriyada PKKga qarshi kurashi davom etmoqda. Aloqa liniyalarida YPG unsurlari  nishonga olinar ekan, SİHA harakatchanligi sezilarli darajada oshdi. Tashkilotga tegishli ko'plab muhim nomlar SİHAlar tomonidan yo’q qillindi. Turkiyaning Ukraina urushi yaratgan geosiyosiy imkoniyatlardan foydalanib Suriyadagi PYD/YPG terror tashkilotiga qarshi keng qamrovli harbiy operatsiyani tez orada boshlashini ham taxmin qilish mumkin.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr  va mulohozasini e’tiboringizga taqdim etdik.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar