kun tahlili 34-qism

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining 58-kuni oʻtib ketar ekan, har tomonlama tahlil qilish zaruratga aylandi. Bugungi kunga kelib quyidagi masalalar birinchi o'ringa chiqdi deyish mumkin.

1816275
kun tahlili 34-qism

 

                              Ukraina urushi

SETA/Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeşiltoshning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini  muhokama qilamiz...

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining 58-kuni oʻtib ketar ekan, har tomonlama tahlil qilish zaruratga aylandi. Bugungi kunga kelib quyidagi masalalar birinchi o'ringa chiqdi deyish mumkin.

Birinchisi, Rossiyaning harbiy muvaffaqiyatsizligi. Rossiyaning dastlabki operatsiya rejasini to‘liq amalga oshirish mumkin emas, reja muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda boshqa reja  yoki rejalar ham amalga oshirilmadi. Ayniqsa, harbiy hujumning birinchi kunida Ukrainadagi harbiy nishonlarga zarba berish muvaffaqiyatiga qaramay Gostomel aeroporti nazoratini toʻliq qoʻlga kirita olmagani Rossiyaning Ukrainadagi taʼminot va logistika liniyalarining toʻgʻri ishlashiga toʻsqinlik qildi. Bu holat urushning birinchi kunidanoq rus qo'shinlarini katta yo'qotishlarga olib keldi. Harbiy hujum boshlanganidan beri to‘rtta asosiy strategik mintaqaga e’tibor qaratganiga qaramay, Rossiya urush natijasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan Kiyev va Xarkov kabi mintaqalarda muvaffaqiyat qozona olmadi. Mariupolda juda uzoq davom etgan kurash bo'ldi, ammo shahar butunlay vayron bo'lgach, ruslar qisman nazoratni o'z qo'liga olishdi. Xerson va Melitopol viloyatlarida urush Rossiya uchun kutilganidan teskari yo'nalishda rivojlandi. Kiev, Chernigov, Sumi, Irpin va Xarkov kabi hududlardan rus qo'shinlari chekinishga majbur bo'ldi.

Qolgan vaqtni hisobga oladigan bo'lsak, Rossiya armiyasining saladagi harbiy samaradorligi zaif va standart operatsiya tartib-qoidalarini qo'llashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Boshqa tomondan, mushtarak amaliyot tamoyillariga amal qilishda muvaffaqiyat qozona olmagan, havo nazorati va ustunlikka erisha olmagan Rossiyaning targʻibot urushida samarali boʻla olmagani tushuniladi. Urushning 51-kunida Rossiya Qora dengiz flotining eng muhim unsuri  va yuragi bo‘lgan “Moskva” kreyserining yo‘qolishi butun urush davomida Rossiyaning harbiy nufuziga og‘ir zarba berdi.

Harbiy muammolar va quruqlikdagi muvaffaqiyatsizliklar Rossiyani Ukraina rejalarini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. Yangi reja Donbas mintaqasini butunlay nazorat qilish va bu yerdagi respublikalarni Ukrainadan ajratishdan iborat.

Rossiya bilan bog'liq yana bir muhim masala - uning iqtisodiy barqarorligi zaiflashgan. Og'ir va keng qamrovli iqtisodiy embargolar chuqur ta'sir ko'rsatdi va Rossiyaga kuchli bosim o'tkazdi. Bu holat yaqin muddatda iqtisodiy inqirozning chuqurlashishiga, uzoq muddatda esa Rossiyaning global quvvat taqsimotida zaif iqtisodiyotga aylanishiga sabab bo'ladi.

Urush yangi bosqichga kirgan bir paytda Rossiya faqat harbiy yutuqlarga erishishi mumkin, ammo strategik oqibatlari nuqtai nazaridan u kattaroq muammolarga duch keladi.

SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeshiltashning bu boradagi fikr va mulohazasini  taqdim etdik.


Tanlangan kalimalar: #Analiz , #Oqibat , #Urush , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar