Kun tahlili 17- qisim

Turkiya, Rossiya va Eron delegatsiyalari uzoq vaqtdan  keyin Nur-Sultonda 17-raund muzokaralari uchun yana yig'ilishdi.

1752050
Kun tahlili 17- qisim

 

Suriya sahnasida  so’nggi  vaziyat

Uzoq davom etgan tanaffusdan so'ng Ostona jarayoniga bag'ishlangan 17- yig'ilishga Turkiya, Rossiya va Eron ishtirok etdi. 2021 yil 21-22 dekabr kunlari orasida  Nur-Sultonda

Oliy darajadagi uchrashuvda Suriyadagi umumiy vaziyati, terrorizm va separatizmga qarshi kurash va Qochqinlarning qaytishi muhokama qilindi.

SETA /  Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning bu boradagi fikr va mulohazasini  taqdim etamiz...

Suriya maydonida bir muncha vaqtdan beri jiddiy harbiy harakatlar bo'lmagan bo'lsa-da, siyosiy yechim jarayoni va  blokirovka ham  davom etmoqda. Bunday konyunkturada Turkiya, Rossiya va Eron delegatsiyalari uzoq vaqtdan  keyin Nur-Sultonda 17-raund muzokaralari uchun yana yig'ilishdi.

Suriyadagi mavjud vaziyat muhokama qilinayotgan bir paytda tomonlarning pozitsiyalarida hozircha o‘zgarish yo‘q.

Yig'ilishdan keyin  berilgan  bayonotda; “Siyosiy yechim jarayonidagi eng so'nggi o'zgarishlar, Idlibdagi vaziyat, gumanitar yordam va terrorga qarshi kurash muhokama qilindi.

 Bu borada  ayniqsa Turkiya Tashqi ishlar vazirligi  bergan bayonotida, “tomonlar terrorga qarshi kurash bahonasida amalga oshirishga harakat qilinayotgan noqonuniy va  o'z-o'zini boshqarish tashabbuslari

qabul qilib bo'lmasligini ta'kidladilar. Furotning sharqiydagi separatistik tuzilmalar tomonidan tinch aholiga qarshi hujumlar va  bosimlar kuchayib borayotganidan juda  chuqur xavotir bildirdi

PKK/YPG terror tashkilotiga qarshi kurashdagi qat’iyatimizni ta’kidladik” deya qayd etilib  alohida ahamiyatga eg deyildi.

Turkiya, Rossiya va Eronning terror tashkiloti PKK/YPGga nisbatan ikki tomonlama siyosati  jiddiy

bezovta qilishda davom etmoqda. Rossiyaning Suriya rejimi va PKK/YPG o'rtasida olib borgan muzokaralar yana Turkiyaning ehtimoli harbiy amaliyotlariga qarshi turishga qaratilgan  bir harakatdir. Bu ham Turkiyaning shu doirada shubhalarini kuchaytirmoqda. Terror tashkiloti PKK/YPG hali ham Furotning sharqiyda  taxminan 45-50 ming kilometr

 kvadrat maydonni  o’z nazorat ostida ushlab turibdi, bu hududlarda, ayniqsa Turkiyaning chegara chiziqlarida, Rossiya

va Rejim kuchlari PKK/YPG terror unsurlari tomonida turishda davom etmoqda. Janubda  esa AQSh askarlari  mavjud . Shuningdek, Furot daryosining g‘arbidagi Tel Rifat va Manbijda

shunga o'xshash  vaziyat  mavjud. Turkiyaning  nazorati ostidagi bu hududlarga  PKK/YPG unsurlari

vaqti-vaqti bilan bevosita terrorchilik faoliyati uchun foydalanmoqda.

Shuningdek,  Turk  askarlariga qarshi teraktlar ham  uyushtirmoqda. Turkiyaning hozirgi holatni hech qanday tarzda qabul qilishi  mumkin emas. Ilgari Prezident Erdo'g'an

 ta'kidlashicha, bu hududlardagi terror unsurlari butunlay Rossiya va Rejim  tomonidan  tozalashi kerak  yoki Turkiya to'g'ridan-to'g'ri harbiy operatsiya  uyushtiradi.

Turkiyaning sezgirliklari  milliy xavfsizligi va terror tashkiloti PKK/YPG bilan bog'liq Rossiyaning ushbu tahdidlarni anglagan holda harakat yo'nalishini qabul qilishi kerak aksi holda

Yechimga erishish va yo'qot -yo’qot   boshi berk ko’chadan chiqishi  mumkin emas.

SETA /  Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning bu boradagi,  fikr va mulohazasini e’tiboringizga taqdim etdik.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Eron , #Turkiya , #Astana , #Suriya

Aloqador xabarlar