Kun tahlili 11-qism

Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy qarorgohiga qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) tomonidan hujum qilindi.

1732967
Kun tahlili 11-qism

 

Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy qarorgohiga qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) tomonidan hujum qilindi. Xavfsizlik manbalari tomonidan  berilgan  bayonotga ko'ra; Bag'dodning himoyalangan yashil hududida joylashgan qarorgoh 3 SIHA tomonidan nishonga olingan. Qarorgoh katta zarar ko'rgan bo'lsa-da, Bosh vazir Kazimiy sog'-salomat qutulib qoldi. Bu hujum Eronga yaqin qurolli jangarilar Bosh vazirga tahdid solganidan so'ng sodir bo'lgan bo'lsa-da, ko'zlar mumkin bo'lgan ichki urushga qaratildi.

Saylovlardan keyin Iroqda siyosiy betartiblik va beqarorlik asta-sekin kuchaygan bo'lsa, saylovlarda mag'lub bo'lgan Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan shia jangarilari, harbiy kuchlarini maydonda qo'llay boshlagan ko'rinadi. Buning oxirgi halqasi Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy qarorgohini SİHAlar bilan nishonga olish edi.Iroq xavfsizlik rasmiylari va qurolli guruhlarga yaqin manbalar, Bosh vazir Mustafo Kazimi qarorgohiga qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) bilan uyushtirilgan hujumni Eron qo'llab-quvvatlagan qurolli guruh amalga oshirganini da'vo qildi. Xalqaro matbuotga ismlarini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan manbalar, hujumda ishlatilgan SİHA va portlovchi moddalarning Eronda ishlab chiqarilganligini bildirdi.

Kazimiyga qilingan hujumga dunyodan katta munosabat bildirildi. Turkiya bilan bir qatorda ko'plab o'lkalar qoraladilar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 15 a'zosi ham Kazimi uyining qurolli dron bilan nishonga olinishini keskin qoraladi va suiqasd uyushtirishga uringanlarning qo'lga olinib, javobgarlikka tortilishi kerakligini e'lon qildi. Matbuot bayonotida barcha mamlakatlar Iroq hukumati bilan hamkorlik qilishga chaqirildi.

Eron AQShning Iroqdan bosqichma-bosqich chekinishi natijasida yuzaga kelgan kuch bo'shlig'ini to'ldirishga harakat qilar ekan, Iroq millatchi tuzilmalari Eronning bu istilosini, ayniqsa Muqtada Sadr harakatining oldini olishga harakat qildi. Eronga yaqin Hashd ash-Shabi unsurlar Sadr va sunniylar tomonidan tashkil etilgan koalitsiya tomonidan yuqori ovoz bilan ko'rsatish uchun saylovni hazm qila olmagan ko'rinadi. Siyosatda tushib qolgan bu holatni o'rnini to'ldirish uchun qo'lidagi qurollarga murojaat qilishadi. Ko'p nuqtalarda, ayniqsa Bag'dodda joylashgan bu tuzilmalar Kazimi va Iroq armiyasiga tahdid solmoqda. Iroqda, jumladan Eronda hokimiyat uchun jiddiy kurash ketmoqda. Mamlakatda imkon qadar tezroq yangi siyosiy kuch shakllantirilishi va markaziy armiya Hashd ash-Shabiga aloqador militsiyalarni qurolsizlantirishi kerak. Aks holda,  to’qnashuvlar  hatto fuqarolar urushiga aylanib ketishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Drone , #Bosh vazir , #Mustafo al-Kazimiy , #Iroq

Aloqador xabarlar