kun tahlili 10-qism
O’tgan hafta Rimda bo’lib o’tgan G20 Liderlar sammiti doirasida Prezident Erdog’an va Bayden o’rtasida o’tkazilgan uchrashuv Turkiya-Amerika munosabatlarining kelajagi uchun muhim bo’ldi.

O’tgan hafta Rimda bo’lib o’tgan G20 Liderlar sammiti doirasida Prezident Erdog’an va Bayden o’rtasida o’tkazilgan uchrashuv Turkiya-Amerika munosabatlarining kelajagi uchun muhim bo’ldi. İkkiomonlama uchrashuvning o'tgan haftadagi elchilar inqiroziga to'g'ri kelgani uchun uchrashuvning ahamiyatini yanada oshirdi. Elchilar inqirozi yechilsada, Turkiya-Amerika munosabatlaridagi boshqa muammolar ham uchrashuv doirasida muhokama qilindi, ammo yechim topilmadi.
Ijobiy uchrashuv qabul qilinar ekan, muammolarni hal qilish istagi Turk-Amerika munosabatlaridagi inqirozning chuqurlashishiga to'sqinlik qildi.
SETA / Tashqi siyosat tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeşiltashning bu boradagi fikr va mulohazasini taqdim etamiz...
Aloqalarda yangi sahifa ochishi kutilayotgan eng muhim ijobiy o'zgarish Turkiyaning AQShdan talab qilgan F-16 sotib olish va modernizatsiya qilishning Amerika Kongressi tomonidan to'sqinliksiz amalga oshishidir. Biroq Bayden ma’muriyati bu borada kafolat bergan deyish mumkin emas.
Chunki bunday sotuvlar AQShda Kongressning roziligi bilan amalga oshiriladi. Bayden Kongressni ishontirish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishini aytsa-da, ekspertlar fikricha, Kongress bu masalaga unchalik qiziqmaydi. Agar ikki davlat F-16 sotib olish va modernizatsiya qilish borasida kelishuvga erisha olmasa, Turkiya-Amerika munosabatlarida mudofaa sohasidagi hamkorlik yanada bahsli bo'lishi mumkin.
Yana bir masala, AQSh Suriyadagi YPG terror tashkilotiga yordam berishda davom etmoqda. Prezident Erdog’anning “bizning sabrimiz yo’q” degan so’zlari Turkiyaning Suriyada tez orada harbiy operatsiya boshlashiga ishora sifatida tushunilgan bo’lsa-da, hali operatsiya boshlanmadi. Erdog’an uchrashuvdan so’ng Bayden ma’muriyatini yana YPGga qo’llab-quvvatlaganini tanqid qilib, bunday davom etishning iloji yo’qligini aytdi. Bu kabi tanqidlar Turkiya va AQSh o'rtasida Suriya masalasida yaqin kelajakda kelishuvga erishish qiyinligini ko'rsatadi.
Albatta, uchrashuvning ijobiy tomonlari ham bo'ldi. Bayden Turkiyaning Afg'onistonda muhim rol o'ynashi mumkinligini ta'kidladi, ayniqsa Turkiyaning Afg'oniston bilan bog'liq olib borayotgan jarayonning ahamiyatini ta'kidladi. Shuningdek, ikki davlatning Sharqiy O'rta Yer dengizi va Liviya bo'yicha hamkorlik qilishini ta'kidlash muhim edi.
AQSh va Turkiya o'rtasida ikkita asosiy muammo bor: Birinchisi, ishonch inqirozi. Har ikki davlat bir-biriga bo'lgan ishonch hissini yo'qotdi. Ikkinchisi - xavfsizlik inqirozi. AQShning ayniqsa Suriya bilan bog'liq siyosati Turkiya uchun xavfsizlik inqiroziga sabab bo'lmoqda. Bu ikki inqirozni yengmasdan turib, ikki davlatning yangi sahifa ochishi oson bo‘lmaydi.
SETA / Tashqi siyosat tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeşiltashning fikr va mulohazasini e’tiboringizga taqdim etdik.