Kun tahlili 9-qism

So'nggi paytlarda Suriyaning  shimolida faollik kuchaygan bo'lsa-da, ayniqsa TQK va muxoliflar bilan  birgalikda terror tashkiloti PKK/YPGning aloqa liniyalarida past shiddatli to'qnashuvlar davom etmoqda.

1726846
Kun tahlili 9-qism

 

So'nggi paytlarda Suriyaning  shimolida faollik kuchaygan bo'lsa-da, ayniqsa TQK va muxoliflar bilan  birgalikda terror tashkiloti PKK/YPGning aloqa liniyalarida past shiddatli to'qnashuvlar davom etmoqda. Turk armiyasining ba'zi hududlarda joylashtirgani ko'rinar ekan, Turkiya va Rossiya harbiy hay'atlari ehtimoliy harbiy operatsiya uchun muzokaralarni davom ettirmoqda. TQK va MIT sihalari tez-tez PKK/YPG go’yo  yuqori  martabali rahbarlar deb atagab turistlarni,  nishonga olgan operatsiyalarni amalga oshiradi.

Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohozalarini taqdim etamiz...Prezident Erdo’g’anning Suriyadagi PKK/YPGni to’g’ridan-to’g’ri nishonga olib, endi toqat qila olmaymiz degan bayonotlaridan so’ng maydondagi harakatlar ham ortdi. Turk Qurolli Kuchlari (TQK) va Suriya Milliy Armiyasi (SMA) Suriyaning shimolida ham sharqiyda, ham g‘arbda mintaqasidagi istehkomlarini kuchaytirar ekan, koʻplab nuqtalarda yangi joylashuvlarda. PKK/YPG unsurlari esa Turkiya nazorati ostidagi hududlarga qarshi hujum va terror faoliyatini davom ettirar ekan, tashviqot olib borib, xalqaro jamoatchilik fikrini yaratishga harakat qilmoqda. Terror tashkilotining ayniqsa Tel Rifat, Manbij, Ayn al Arab, Ayso va Tel Tamir kabi hududlarda faollik ko'rsatayotgani, tunnel va xandaq qazish orqali ehtimoliy harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko'rayotgani ko'rinmoqda.Yana kontakt liniyalarida past intensivlikdagi to'qnashuvlar davom etmoqda. Qolaversa, TQK va MITga aloqador Sihalar mintaqaning ko’p nuqtasida go’yo  yuqori darajadagi PKK/YPG deb atalgan unsurlarni nishonga olgan va yo’q qilish  amaliyotlari olib bormoqda.Maydon qizigan sari Turkiyaning ehtimoliy harbiy amaliyotining davomiyligi va ko‘lamini Rossiya harbiy delegatsiyalari bilan davom etayotgan muzokaralar belgilagan ko‘rinadi. Agar o‘zaro yon berishlar bilan kelishuv bo‘lsa, Suriya shimolidagi sharq-g‘arbiy o‘qda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, aks holda Turkiya-Rossiya tarangligi, ayniqsa, Idlib janubida yangi proksi urushiga aylanadi. Turkiya esa turli mintaqalarda terror tashkiloti PKK/YPGni nishonga olgan amaliyotlarni bir tomonlama boshlaydi. Rossiyaning Suriyadagi asosiy pozitsiyasi, Asad rejimini harbiy yechim bilan butun mamlakatga hukmronlik qilish va Turkiya va AQShni Suriyadan  chiqarish jihatidadir . Biroq, Rossiya bu stsenariyni amalga oshirish ehtimoli unchalik yuqori emasligini biladi.Oxir oqibat, Rossiyaning Turkiya bilan yutqazish spiralidan chiqib ketadigan formulaga oqilona harakat qilishi va “ha” deyishini kutish mumkin. Shuning uchun tegishli pozitsiyasini qayta ko'rib chiqish orqali Turkiya bilan har ikki davlat o'z manfaatlarini himoya qiladigan asosda kelishib olishi kerak. Aks holda, o'zaro eskalatsiya davom etadi.Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr va mulohazasini taqdim etdik ...

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #PKK/YPG , #PKK/YP , #Turkiya , #AQSh , #Rossiya , #Suriya

Aloqador xabarlar